USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev OTB yiğilişida qatnaşadi

119 марта

Şavkat Mirziyoyev OTB yiğilişida qatnaşadi

Joriy yilning 3-4 may kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqandda bölib ötadigan Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining 59-yillik yiğilişi tadbirlarida iştirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari tadbirning oçiliş marosimida nutq sözlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi.
Yiğilişning boş mavzusi – “Taraqqiyot çorrahalari: mintaqaning özaro boğliq kelajagini ilgari suriş”. Forum global va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qiliş uçun muhim xalqaro platforma böladi.

Iştirokçilar asosiy etiborini “yaşil” transformatsiya, energetik ötiş, raqamlaştiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoatda yetkazib beriş zanjirlarining barqarorligi va boşqa masalalarga qaratadi.


Beş kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamğarmasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boşqa institutlar rahbarlari va xodimlari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, yetakçi kompaniyalar va banklar, transmilliy korporatsiyalar top-menejerlari hamda nufuzli ekspertlar iştirok etadi. Jami 4 mingdan ziyod delegat qatnaşişi kutilmoqda.

Özbekiston 1995 yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining azosi bölib, uning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi: loyihalar portfelining umumiy hajmi qariyb 16 milliard dollarni taşkil etmoqda. Mamlakatimiz bankning yillik yiğilişiga ikkinçi bor mezbonlik qilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: