Toşkentdagi metroda ayol poyezd yöliga tuşib ketdi
3-05-2026, 15:05
417 марта

Toşkentdagi metroda ayol poyezd yöliga tuşib ketdi
Joriy yilning 2 may kuni soat 21:35 atrofida Ğafur Ğulom bekatiga kirib kelayotgan 40-sonli harakat tarkibi yöliga ehtiyotsizlik oqibatida ayol kişi tuşib ketdi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni” DUK xabar berdi.Malum qilinişiça, mazkur holatda maşinist tomonidan tezkor va aniq harakat qilingan, harakat tarkibi zudlik bilan töxtatilgan hamda xavfsizlik çoralariga töliq rioya etilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, fuqaro jiddiy tan jarohati olmagan holda, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan körik uçun olib ketilgan.
Hodisa metro harakati jadvaliga tasir körsatmagan, hozirgi vaqtda barça poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.