Xivadan Toşkentga poyezd jadvali özgardi: safar vaqti qisqardi
6-05-2026, 11:06
1 336 марта
Xivadan Toşkentga poyezd jadvali özgardi: safar vaqti qisqardi2026 yil 6 maydan boşlab temiryöl qatnovlari jadvaliga bir qator özgartişlar kiritildi. Ayniqsa, Xiva yönalişidagi poyezdlar harakatidagi yangiliklar yölovçilar uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, 55-sonli “Xiva – Toşkent” yönalişidagi poyezd endi Xiva bekatidan 18:30 da jönaydi. Bu avvalgi jadvalga nisbatan 30 daqiqa keçroq hisoblanadi. Şuningdek, poyezd Urganç bekatidan 20 daqiqa, Buxoro bekatidan esa 9 daqiqa keç harakatlanadi.
Poyezd Samarqand bekatiga 03:53 da yetib kelib, 04:10 gaça töxtaydi va şundan keyin amaldagi jadval asosida harakatini davom ettiradi. Etiborli jihati şundaki, barça özgarişlarga qaramay, umumiy safar vaqti 30 daqiqaga qisqargan.
Şu bilan birga, 72-sonli “Toşkent – Olot” poyezd harakatida ham özgariş bor. U Samarqandgaça amaldagi jadval böyiça harakatlanib, 02:21 da yetib keladi va 03:00 da yölga tuşadi. Olot bekatiga esa 08:45 da yetib boradi. Yangilikka köra, mazkur poyezd manzilga 54 daqiqa oldin yetib kelmoqda.
Mutaxassislar yölovçilardan safarni rejalaştirişda uşbu özgarişlarni albatta inobatga olişni söramoqda.