Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesi oçilişida qatnaşdi
9-05-2026, 07:02
104 марта

Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesi oçilişida qatnaşdi
Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesidagi Özbekiston milliy paviloning oçiliş marosimida qatnaşdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.Mirziyoyevaning bildirişiça, zamonaviy jahon sanatining eng nufuzli minbarlaridan biri bölgan Venetsiya biyennalesi joriy yilda “In Minor Keys” (“Minor ohanglarda”) şiori ostida ötkazilmoqda. Mavzu hozirgi davr uçun juda aniq tanlangan, unda dunyoni anglaş borasidagi nozik va murakkab qaraşlar mujassam.

“61-Venetsiya biyennalesida Özbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni oçiliş marosimida nutq sözladim. Bu men uçun öta ahamiyatli çiqiş böldi”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirişiça, loyiha Orol dengizi mavzusiga bağişlangan, biroq bunda u faqatgina ekologik fojia timsolida talqin qilinmagan. Uşbu ekspozitsiyada Orol xotiralar, afsona va rivoyatlar hamda ijodiy izlanişlar makoni sifatida namoyon bölgan.

“Yana bir bor mamlakatimiz paviloni biyennale iştirokçilari va mehmonlarining katta qiziqişiga sazovor bölib, madaniyatimiz bilan yaqindan tanişiş va mintaqamizga sayohat qiliş istagini uyğotdi”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Malumot uçun, Venetsiya biyennalesi – dunyodagi eng qadimiy va nufuzli sanat forumlaridan biri bölib, 1895 yildan beri har ikki yilda bir marta ötkazib kelinadi. Hozirgi vaqtda 61-Xalqaro badiiy körgazma (Biennale Arte 2026) ötkazilmoqda. U 9 maydan 22 noyabrgaça davom etadi. Körgazma ananaviy ravişda Jardini boğlari va Arsenal (sobiq kemasozlik zavodi) hududlarida, şuningdek, şahar böylab turli maydonlarda bölib ötadi.