Xuşxabar: Xorazmlik regbiçilardan oltin va kumuş medallar
9-05-2026, 13:26
202 марта
Xuşxabar: Xorazmlik regbiçilardan oltin va kumuş medallarJoriy yilning 5–8 may kunlari Surxondaryo viloyatidagi “Alpomiş” stadionida ösmirlar (U-16) jamoalari örtasida regbi-7 böyiça Özbekiston çempionatining yakuniy bosqiçi bölib ötdi.
Musobaqada viloyatimiz qizlar terma jamoasi barça raqibalarini mağlub etib, Özbekiston çempioniga aylandi. Yigitlar terma jamoamiz esa finalda Navoiy jamoasiga 4:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumuş medallarni qölga kiritdi.
Şuningdek, sportçilarimiz quyidagi nominatsiyalar bilan taqdirlanişdi:
🏆 Zilola Karimova — «Eng yaxşi hujumçi»
🏆 Natalya Sergeyeva — «Eng yaxşi yarim himoyaçi»
🏆 Islombek Ismoilov — «Eng yaxşi himoyaçi»
Regbiçilarimizni uşbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz!

