Şavkat Mirziyoyev ertaga Qozoğistonga boradi
14-05-2026, 19:23
135 марта

Şavkat Mirziyoyev ertaga Qozoğistonga boradi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevning taklifiga binoan 15 may kuni amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, davlat rahbari Turkiston şahrida Turkiy davlatlar taşkilotining “Suniy intellekt va raqamli rivojlaniş” mavzusidagi norasmiy sammitida iştirok etadi.
Tadbir davomida köp tomonlama hamkorlikni, birinçi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, innovatsion texnologiyalarni joriy etiş va suniy intellektni amalda qöllaş borasida yanada kengaytiriş xususida söz yuritiladi.