Şavkat Mirziyoyev Turkistonda Erdöğan bilan uçraşdi
15-05-2026, 15:47
122 марта

Şavkat Mirziyoyev Turkistonda Erdöğan bilan uçraşdi
Bugun, 15 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida davlat rahbarining joriy yil yanvar oyida Anqaraga rasmiy taşrifi Özbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yangi, yanada yuqori bosqiçga olib çiqqani takidlangan.
Oliy darajada erişilgan muhim kelişuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almaşinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar örtasida yangiça tizim yaratilgani natijasida köp qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etilgan.

Joriy yil boşidan buyon özaro tovar ayirboşlaş hajmi, qöşma korxonalar, mamlakatlar örtasidagi aviaqatnovlarning soni jadal ösib bormoqda. Turk kompaniyalari iştirokida salmoqli loyihalar portfeli şakllantirilib, işlar izçil amalga oşirilyapti.
Özbekiston va Turkiya rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.