Şavkat Mirziyoyev Töqayevni tuğilgan kuni bilan tabrikladi
17-05-2026, 13:22
111 марта

Şavkat Mirziyoyev Töqayevni tuğilgan kuni bilan tabrikladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 17 may kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat, qardoş Qozoğiston xalqining tinç-osoyişta hayoti va ravnaqi yölidagi masuliyatli davlatçilik faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekiston yetakçisi Turkiy davlatlar taşkilotining Turkistondagi norasmiy sammiti hamda mazmunli muzokaralar yuqori darajada tayyorlangani va ötkazilgani, ular tufayli iştirokçi mamlakatlar örtasidagi özaro manfaatli hamkorlik yangi surat kasb etganini alohida takidlagan.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Qozoğiston yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqilgan.
Özaro manfaatli hamkorlik barça sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Yaqin yillarda ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmini 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda, investitsiyaviy faoliyat, şu jumladan, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi doirasida kengaymoqda, energetika, transport, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalarda istiqbolli loyiha va taşabbuslar amalga oşirilmoqda.