Endi dorivor ösimliklarni oliş uçun davlatga tölov qilinadi
18-05-2026, 15:42
118 марта

Endi dorivor ösimliklarni oliş uçun davlatga tölov qilinadi
Hukumatning 245-sonli qarori bilan yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni yiğiş va tayyorlaş tartibini belgilaydigan yangi nizom tasdiqlandi. Hujjatga köra, endi dorivor va texnik xomaşyo sifatida foydalaniladigan yovvoyi ösimliklar maxsus ruxsatnoma asosida va haq evaziga yiğiladi.Yangi tartib jismoniy hamda yuridik şaxslarga tatbiq etiladi. Ular yovvoyi holda ösuvçi ösimlik obektlarining foydalanuvçisi sifatida faoliyat yuritişi mumkin.
Nizomda oziq-ovqat maqsadida işlatiladigan yovvoyi ösimliklarni yiğiş ham maxsus foydalaniş tartibi asosida amalga oşirilişi belgilangan. Bu jarayon uçun zaxira hajmlari va hududlar oldindan aniqlanadi.
Hujjatga muvofiq, Özbekiston Fanlar akademiyasi yovvoyi ösimliklarning texnik va dorivor xomaşyosi zaxiralarini baholaydi hamda ularni maxsus foydalaniş tartibida yiğiş imkoniyatlarini belgilaydi.
Ösimliklar ösadigan yer maydoni kamida 0,1 gektar bölişi, öt qoplamasi esa 10 foizdan kam bölmasligi lozim.
Fanlar akademiyasi har yili 15 aprelgaça tuman va şaharlar kesimidagi mavjud zaxiralar böyiça xulosalarni Ekologiya qömitasiga taqdim etadi.
Şundan söng yovvoyi ösimliklardan maxsus foydalanişning yillik kvotasi şakllantiriladi. U har yili 10 maygaça Ekologiya qömitasi raisi buyruği bilan tasdiqlanadi.