Ğiyosov WBA Regular kamari uçun jang qiladi
18-05-2026, 16:46
141 марта

Ğiyosov WBA Regular kamari uçun jang qiladi
Özbekistonlik professional boksçi Şahram Ğiyosov WBA Regular kamari uçun jang qiladi. Bu haqda “The Ring” naşri xabar berdi.Malum bölişiça, joriy yilning 23 may kuni Misrda bölib ötadigan WBA Regular kamari uçun jang özbekistonlik Şahram Ğiyosov va angliyalik Jek Ketterall örtasida keçadi.

Ğiyosov özining Instagram sahifasida malum qilişiça, u uşbu jangni ötkaziş uçun allaqaçon Misrga yetib borgan. Bu Şahramning prof boksdagi 18-jangi böladi. U bungaça ötkazilgan barça janglarida ğalaba qozongan.