Özbekistonda zilzila sezildi — Xorazmda ham yer silkinişi kuzatildimi?
20-05-2026, 04:54
1 726 марта
Özbekistonda zilzila sezildi — Xorazmda ham yer silkinişi kuzatildimi?Tojikistonda sodir bölgan 4,8 magnitudali zilzila Özbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi
19 may kuni soat 22:42 da Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati hududida 4,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Seysmologlar malumotiga köra, yer silkinişi öçoği 30 kilometr çuqurlikda joylaşgan.
Zilzilaning epitsentri Toşkent şahridan taxminan 354 kilometr janubi-ğarbiy tomonda bölgan.
Yer silkinişi Özbekistonning Surxondaryo viloyatidagi Uzun, Denov, Şörçi, Sariosiyo va Oltinsoy tumanlarida 2 ball kuç bilan sezilgani malum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvçilar Xorazm viloyatida ham yer silkinişi bölgan-bölmagani haqida qiziqiş bildirmoqda. Biroq hozirça rasmiy manbalar tomonidan Xorazm hududida zilzila sezilgani haqida malumot berilmadi.
Mutaxassislar kuçsiz zilzilalar qöşni davlatlarda sodir bölgan taqdirda ham ayrim hududlarda yengil tebranişlar sifatida sezilişi mumkinligini takidlamoqda.