Xorazmda 3,4 mlrd sömlik gazni öğirlagan metan “zapravka” aniqlandi
15-05-2025, 13:35
1 898 марта
Xorazmda 3 milliard 48 million sömlik gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz töldiriş şaxobçasi aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.Qayd etilişiça, “Özenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boşqarmasi, viloyat prokuratura va IIB hamkorligida ötkazilgan nazorat tadbirida Yangibozor tumanida joylaşgan “F. G.” MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şaxobçasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Uşbu şaxobçada gaz hisoblaş uskunasining konfiguratsiyasiga taşqi tasir körsatilgani malum bölgan. Uşbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga köra gaz taminoti korxonasiga 3 milliard 48 million sömlik zarar yetkazgani aniqlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.