YPX xodimi pora olmagani uçun 12,3 mln söm bilan mukofotlandi
31-05-2026, 13:44
277 марта
YPX xodimi pora olmagani uçun 12,3 mln söm bilan mukofotlandiNavoiy viloyatida yöl-patrul xizmati xodimi qoidabuzar haydovçidan pora olmagani sabab mukofotlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, 2026 yil 7 aprel kuni YPX xodimlari Karmana tumanida Samarqand-Navoiy yönalişi böylab harakatlanayotgan Lacetti avtomobilini töxtatgan. Tekşiruv natijasida haydovçi mast holda maşina boşqarib kelayotgani aniqlangan.
Tong otişi bilan haydovçi xodimlarning yoniga otasini boşlab kelgan. Ota qoidabuzarlik uçun hujjatlarni sudga taqdim etmaslik va maşinani jarima maydonidan çiqarib beriş evaziga ming dollar pora taklif qilgan. Xodim holat yuzasidan içki işlarga xabar bergan. Keyin tezkor tadbir ötkazilib, fuqaro inspektorga ming dollar pora berişga urinayotgan paytda qölga olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov ketayotgani bildirildi.
Kapitan Şerbek Turxonov pora olmagani uçun davlat tomonidan bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari miqdorida (12 million 360 ming söm) pul mukofoti bilan taqdirlangan.