Özbekistonda bolalar soni qança?
1-06-2026, 10:43
139 марта
Özbekistonda bolalar soni qança?2026 yil 1 yanvar holatiga köra, Özbekistonda 0–14 yoşdagi bolalar soni 11 million 630 ming 879 nafarni taşkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi malum qildi.
Şundan:
🔹 Öğil bolalar — 6 million 30 ming 736 nafar
🔹 Qiz bolalar — 5 million 600 ming 143 nafar
Mazkur körsatkiçlar mamlakat aholisi tarkibida bolalar va yoşlar uluşi yuqori ekanini körsatadi. Mutaxassislar fikriça, bu holat Özbekistonning demografik salohiyati yuqori ekanini anglatadi hamda talim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy sohalarni rivojlantirişga bölgan ehtiyojni yanada oşiradi.
Bolalar mamlakatning kelajagi hisoblanadi. Şu bois ularning har tomonlama barkamol voyaga yetişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş davlat siyosatidagi muhim yönalişlardan biri bölib qolmoqda.