Saida Mirziyoyeva BMT komissiyasining odil sudlov böyiça sessiyasida qatnaşdi
2-06-2026, 09:38
95 марта

Saida Mirziyoyeva BMT komissiyasining odil sudlov böyiça sessiyasida qatnaşdi
Bugun, 1 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriyaning Vena şahrida BMT Jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida iştirok etdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.
Saida Mirziyoyevaning bildirişiça, sessiyada 175 ta davlatdan 1,5 mingdan ziyod yuqori martabali rahbar va ekspertlar iştirok etgan. Bu yil Özbekiston ilk bor uşbu nufuzli tuzilmaga azo bölgan.

“Men mamlakatimizda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qiliş, jinoyatçilik profilaktikasi hamda yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan milliy maruza bilan sözga çiqdim”, deydi Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Şuningdek, Saida Mirziyoyeva kiberjinoyatçilik, korruptsiya va oilaviy zöravonlik çegara bilmasligini, şu sababli ularga qarşi oçiq muloqot, özaro tajriba almaşiş va xalqaro hamkorlik orqali birgalikda kuraşiş zarurligini qayd etgan.