Saida Mirziyoyeva xalqaro taşkilotlarda işlaydigan özbekistonliklar bilan uçraşdi
2-06-2026, 11:16
63 марта

Saida Mirziyoyeva xalqaro taşkilotlarda işlaydigan özbekistonliklar bilan uçraşdi
Keça, 1 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya davlatining poytaxti Vena şahrida xalqaro taşkilotlarda faoliyat yuritayotgan özbekistonliklar bilan uçraşdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.Administratsiya rahbarining takidlaşiça, özbekistonliklar öz mehnati, bilimi va masuliyatliligi bilan mamlakatiga bölgan işonçni yuksaltirib, vatanidan uzoqda bölişlariga qaramay, Özbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolmoqda.
“Bu kabi uçraşuvlar har safar özgaça faxr tuyğusini uyğotadi. Yurtdoşlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda öz sözi va örniga ega bölayotgani hamda global vazifalar yeçimida faol iştirok etayotganini köriş kişini ruhlantiradi, quvontiradi”, degan Mirziyoyeva.Uning sözlariga köra, malakali mutaxassislar safi yanada kengayişi juda muhim. Şu bilan birga, Saida Mirziyoyeva xalqaro tajriba orttirişni, professional jihatdan ösişni, Özbekiston hamda jahonga naf keltirişni istaydigan yoş özbekistonliklarni doimo qöllab-quvvatlaşini bildirgan.