Serbiyada oğir ahvolda qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi
6-06-2026, 10:09
90 марта

Serbiyada oğir ahvolda qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi
Özbekiston elçixonasi va Migratsiya agentligi kömagida Serbiyada oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Malum qilinişiça, Özbekiston fuqarosi T.Z. elçixonaning konsullik bölimiga murojaat qilib, Serbiyadan yurtiga qaytiş uçun yordam söragan.
Uning aytişiça, mazkur vaziyat Serbiyadagi iş beruvçining öz majburiyatlarini lozim darajada bajarmagani, xususan, zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça kelişuv şartlariga amal qilmagani oqibatida yuzaga kelgan. Özbekiston fuqarosi oğir moliyaviy ahvolga tuşib qolgan va mustaqil ravişda Özbekistonga qaytiş imkoniyatiga ega bölmagan.
Şundan söng, elçixona tomonidan Özbekiston Migratsiya agentligi bilan tezkor hamkorlik örnatilgan. Olib borilgan işlar ortidan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan murojaatçi uçun bepul aviaçipta xarid qilingan.