Özbekistondagi quriliş korxonalari ogohlantirildi
8-06-2026, 21:16
331 марта

Özbekistondagi quriliş korxonalari ogohlantirildi
Raqobat qömitasi quriliş sohasidagi qonunbuzilişlar böyiça murojaatlarning keskin ortişi fonida fuqarolarni uy oldi-sotdisida xuşyor bölişga çaqirib, quruvçi korxonalarga ogohlantiriş berdi. Bu haqda qömitaning Telegram-kanalida xabar berildi.Malum qilinişiça, sönggi vaqtlarda, masalan, 2025 yilda sohaga doir 1 706 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, 2026 yilning birinçi çoragidayoq ularning soni qariyb mingtaga yetgan. Xususan, sönggi vaqtlarda quriliş sohasida şartnoma şartlarining bajarilmasligi, muddatlarning keçikişi va ruxsat olinmasdan uylar uçun oldindan tölov oliş holatlari yuzasidan murojaatlar köpaygan.
Qömitaga köra, uşbu murojaatlarda asosan:
- quriliş işlarining sifatsiz bajarilişi;
- körsatilmagan xizmatlar uçun haq undirilişi;
- şartnoma şartlariga rioya qilinmasligi;
- uy-joylarni belgilangan muddatda topşirmaslik;
- texnik talablarga javob bermaydigan materiallardan foydalaniş hamda reklamada vada qilingan loyihalarning amalda bajarilmasligi kabi holatlar qayd etilmoqda.
- şartnoma şartlari bilan batafsil tanişib çiqiş, şartnomaning asosiy jihatlariga etibor qaratiş, xususan, quruvçi va istemolçining huquq va majburiyatlariga hamda ularning özaro mutanosibligiga;
- quriliş va foydalanişga topşiriş muddatlariga;
- muddatlar buzilganda javobgarlik nazarda tutilganligiga.