JÇ liboslari reytingida Özbekiston oxirgi örinlarni egalladi
9-06-2026, 18:00
320 марта

JÇ liboslari reytingida Özbekiston oxirgi örinlarni egalladi
Nufuzli ESPN naşri Jahon çempionatida iştirok etadigan 48 ta terma jamoaning uy, safar va uçinçi liboslari böyiça reyting tuzib çiqdi. 105 talik röyxatdan Özbekiston terma jamoasining asosiy libosi 103 örinda körsatilgan.Manbaga köra, bu yilgi liboslarda xalq amaliy sanati, maşhur memoriy inşootlar, mahalliy madaniyat, davlat bayroqlari, milliy matolar, hayvonot dunyosi va hatto syurrealist rassomlar ijodidan ilhomlangan dizaynlar köproq uçraydi.
Naşr tomonidan tuzilgan reytingda terma jamoalar liboslari ularning taşqi körinişi va dizayn jozibadorligi asosida baholangan.
Unda Özbekiston milliy terma jamoasining asosiy oq libosi 103-örindan joy olgan bölsa, safar libosi 84-öringa munosib körilgan.
Şuningdek, naşr mualliflari uşbu ikki libos dizayn jihatidan deyarli bir xil ekanini, ular örtasidagi asosiy farq faqat rang tanlovida ekanini ham alohida takidlab ötgan.

Uşbu röyxatda 1-örin Urugvay terma jamoasining safar libosi loyiq körilgan. 2 va 3-örinni Yaponiya va Frantsiya terma jamoalarining ikkinçi formalari egallagan.

