USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Şod-u Xurram”: Nomigagina şod, amalda çang va loy içida-Hazorasp

658 марта

Hazorasp tumanining Muxomon qişloğidagi Şod-u Xurram köçasi nomiga qarab odam bu yerda yaşovçilar şod-xurram yuradi, degan taassurotga borişi mumkin. Ammo amalda bu köça aholining eng katta muammosiga aylangan.

Kunduziyu keçasi bu yerda çang-tözon tinmaydi. Ertalab bolalar boğçaga, öquvçilar maktabga, kattalar esa işga şoşiladi. Ammo bu yöl böylab yuriş na qulay, na xavfsiz. Köçadagi mevali daraxtlar çangdan oqargan, ularning mevasini yeb bölmaydi.

“Qişda esa battar bölamiz” — deydi mahalla ahlisi


“Yozda çangdan nafas ololmaymiz, qişda esa bu joy butunlay loyga aylanadi,” — deydi 47 yoşli mahalla fuqarosi Ziyoda opa.
“Bolalarimizni maktabga olib boriş osonmas. Botinkalari loyga botadi, yiqilib, loy bölib kelişadi.”

“Şu joyda 20 yildan beri yaşaymiz. Har yili yozda çang, qişda esa loy. Neça marta murojaat qildik. Kelişadi, ölçaşadi, vada berişadi. Lekin hali biror özgariş körganimiz yöq,” — deya norozi böladi yana bir mahalla fuqarosi, Rahmatilla aka.

Köça faqat qoğozda bor

Köçaning nomi bor, ammo yöli yöq. Heç qanday asfalt, şağal yoki tamir körinmagan. Oqşomda çang qoronğilik bilan qöşilib, odamni odamdan ajratmaydi. Yangi kelin bölib tuşganlar dastlab bu yerda körgan manzaradan çöçib qoladi, deydi ayollar.

“Yoşlar töy qilgisi kelmaydi bu yerda. Köçani körib, mehmonlar şokka tuşadi. Ayb bizda emas-ku?” — deydi bir nafar yoş ona.

Mahalla hali ham umidda

Aholi faqat bir narsani istaydi: oddiy, silliq, toza yöl. Bu zamonaviy qulaylik emas, bu eng oddiy ehtiyoj. Har bir fuqaroga munosib hayot şaroiti yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişi ekan, nega bu köça yillar davomida etibordan çetda qolyapti?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: