USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jahon çempionatidagi siyosiy xaos yoxud Jahon çempionati oldidan yuzaga kelgan janjal

151 марта
Жаҳон чемпионатидаги сиёсий хаос ёхуд Жаҳон чемпионати олдидан юзага келган жанжал

Futbol dunyoni birlaştiradi, ammo bu safar emas. Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining (FIFA) uşbu şiori AQŞ Prezidenti Donald Trampning izolyatsionistik  siyosatidan ustun böla olmayapti. Qöşma Ştatlar va Eron örtasidagi konflikt, immigratsiya masalasidagi çeklovlar va hatto mezbon davlatlar örtasidagi nostabil aloqalar ham Jahon Çempionatini çetlab ötmadi.

Eron terma jamoasi bilan bölgan muammoli vaziyatlar ommani ikkiga bölinişiga olib kelgan bölsa, bazi milliy terma jamoalarni, xususan Özbekistonlik futbolçilarni ham jinoyatçilardek tekşirilgani muxlislarni ğazablantirmoqda. 2025 yilda Afrikaning eng yaxşi hakami deb topilgan somalilik Umar Abdulqodir Artanning mamlakatga kiritilmasdan qaytarib yuborilgani esa, internetda keskin etirozlarga sabab böldi. Hatto Ğarb manbalari tomonidan inson huquqlarini buzuvçi sifatida propaganda qilib kelingan, 2018 yilda Jahon Çempionati ötkazilgan Rossiyada ham bunday keskin siyosiy qarorlar kuzatilmagan edi. Bir söz bilan aytganda, 2026 yilgi Jahon Çempionati siyosiy xaosga aylanib bomroqda.

Heç qayerga siğmayotgan Eron jamoasi

Şu yilning 28 fevral sanasida Isroil va AQŞning Eronga hujumlari natijasida boşlangan Yaqin Şarqdagi uruş Tehron va Vaşington örtasidagi duşmançilik kayfiyatini yana alangalatib yubordi. Minglab insonlar halok böldi, millionlab oddiy aholi uy-joyidan, bor-budidan ayrildi.

Aynan mana şu mojaro fonida Eron terma jamoasi AQŞda uyuştirilayotgan Jahon Çempionatiga borişga majbur. Aksiga olib Eronning barça guruh bosqiçi öyinlari AQŞ şaharlarida belgilangan.

Dastlab, Eron Sport vaziri Ahmad Donyamali mamlakat terma jamoasi şu yozda 2026 yilgi Jahon çempionatida iştirok eta olmasligini malum qilgan edi. AQŞ rahbari ham özining “Truth Social” tarmoğida xavfsizlik masalalarini rökaç qilib Eron terma jamoasiga Jahon çempionatiga kelmaslikni maslahat berib post joyladi.

“Eron milliy futbol jamoasi jahon çempionatida qatnaşişi mumkin, ammo men ularning iştirokini öz xavfsizligi va himoyasi uçun töğri qaror deb hisoblamayman. Bu masalaga etibor qaratganingiz uçun rahmat”, deb yozadi Tramp.

Federatsiya matbuot kotibi Amir Mehdi Alavi bu qarorni sport bilan boğliq bölmagan harakat sifatida tarifladi va heç kim terma jamoani Jahon çempionatida iştirok etişdan çetlaştirişga haqli emasligini aytgan. Sport vaziri Donyamali esa, FIFA’dan öyinlarni AQŞda ötkazmaslikni talab qilib murojaat jönatdi. Uning aytişiça, hozirgi vaziyatda turnirni AQŞda ötkaziş töğri emas. Eron hali ham uruş holatida bölib, bu köplab sohalarga, jumladan aviaqatnovlarga ham tasir körsatmoqda.

“Agar öyinlar Meksikada ötkazilsa, balki qandaydir çoralar köra olarmiz. Jahon çempionatiga ikki-uç oy vaqt qoldi, biz esa, hali ham uruş holatidamiz, parvozlar maxsus şaroitda. Boşqa tomondan, ularning özlari ham farzandlaringiz, sportçilar xavfsizlikda emas, deb tahdid qilişdi”, deydi vazir.

Bu sörovga Meksika ham rozilik bildirdi. Prezident Klaudiya Şeynbaum Meksika uçun heç qanday tösiq yöqligini aytgan. Natijada, Eron Futbol Federatsiyasi rahbari Mehdi Taj rasmiy bayonot berib, jamoani turnirda iştirok etişini malum qildi.

Şunga qaramay, Vaşington Eron jamoasiga yetarliça muammolar yarata oldi. Eron delegatsiyasining bir qismi AQŞ vizasini ololmadi. Garçi futbolçilarga mamlakatga kirişga ruxsat berilgan bölsa-da, murabbiylar ştabining azolari, texnik maslahatçilar va boşqa muhim şaxslarga viza masalasi hal qilib berilmagan. Eron televideniyesi xabar qilişiça, Federatsiya kotibi Hidoyat Mombeyni va vitse-prezident Mehdi Muhammad Nabi, şuningdek yana 12 ta mamuriy xodim Los-Anjeles va Sietlda böladigan öyinlar oldidan AQŞga kirişga ruxsat ololmagan. Eron Futbol Federatsiyasi buni qasddan kamsituvçi harakat deb baholadi va Vaşingtonni sportga siyosatni aralaştirişda aybladi.

Davlat kotibi Marko Rubio esa, muammo öyinçilarda emas, “ular bilan birga kelmoqçi bölgan bazi boşqa odamlar” bilan boğliq ekanligini malum qilib, delegatsiya tarkibidagi köplab şaxslar umuman sportga aloqasi yöq odamlar ekanligini aytgan. Rubioning aytişiça ularning bazilari Islom Inqilob Qöriqçilar Korpusi bilan aloqador bölişi mumkin.

Bundan taşqari eronlik futbolçilarga ham AQŞda qolişga ruxsat etilmagan. Xavfsizlik yuzasidan jamoa AQŞdagi öyinlarda iştirok etadi, ammo öyin tugaşi bilan mamlakatni tark etişga majbur. Dastlab Eron terma jamoasining yiğini AQŞning Arizona ştatida ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Biroq AQŞ bilan qurolli mojaro va jamoa xavfsizligi borasidagi xavotirlar tufayli, Eron tomoni FIFA’dan maşğulot bazasini Meksikaga köçirişni söragaç, jamoa faqat öyinlar uçun AQŞga keladigan böldi.

Aksiga olib, eronliklar guruhdagi 3 ta öyinining barçasini AQŞ şaharlarida öynaydi: 15 iyun – Los-Anjelesda Yangi Zelandiyaga qarşi; 21 iyun – yana Los-Anjelesda Belgiyaga qarşi; 26 iyun – Sietlda Misrga qarşi.

Siyosiy mojaro nafaqat futbolçilarga, balki eronlik futbol muxlislariga ham tasir etmoqda. Eron federatsiyasi mamlakat terma jamoasining muxlislari uçun ajratilgan çiptalar musobaqadan bir neça kun oldin bekor qilingani haqida xabar qildi. Bu esa, yanada keskin munosabatlarga sabab bölmoqda.  “Muxlislar siyosiy nizolar uçun tölov tölamasligi kerak”, mazmunidagi şarhlar nafaqat Eron, balki boşqa xalqaro aktorlar tomonidan ham takidlanmoqda.

Qisqa qilib aytganda, bu galgi Jahon Çempionati eronliklar uçun unutilmas yil bölib qoladi, ammo salbiy manoda.

Somalilik hakam qaytarib yuborildi

Umar Abdulqodir Artan – 34 yoşli somalilik futbol hakami. U Jahon çempionati final bosqiçida işlaydigan birinçi somalilik hakam sifatida tarixga kirişi mumkin edi. Ammo AQŞning immigratsiya siyosati Artanning orzularini çippakka çiqardi.

Umar Abdulqodir Artan FIFA’ning 52 nafar Jahon çempionati hakamlari röyxatiga kiritilgan edi, ammo heç qanday rasmiy sabablarsiz AQŞ hukumati uni deportatsiya qilib yubordi. FIFA 8 iyun kuni ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida Artanning 2026-yilgi Jahon çempionatida maşğulot ötkaza olmasligi va hakamlik qila olmasligini tasdiqladi.

Tramp mamuriyati turli sabablarga köra, 39 davlatga immigratsiya taqiqini qöygan. Bular orasida Somali ham bor edi. Istanbuldan Mayami xalqaro aeroportiga diplomatik passport bilan kelgan Artan tekşiruv işlaridan keyin nomalum sabablar bilan mamlakatdan çiqarib yuborildi. Hakam FIFA’dan yordam söraganiga qaramay, taşkilot heç qanday yordam bera olmadi.

“Biz Oyda emas, Yer sayyorasida yaşayapmiz. Biz hukumatlar va politsiyani boşqara oladigan dunyo podşohlari emasmiz. FIFA – bu sport taşkiloti. Biz qölimizdan kelganiça harakat qilamiz. Bazan xotirjam böliş ham muhim. Barça muammolarni hal qiliş ustida işlayapmiz, ammo har doim ham baqiriş va tanqid qiliş yeçim topişga yordam bermaydi”, deydi Infantino.

Bu esa FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan işonçsizlik kayfiyatini tarqalişiga olib keldi.  Hatto uni “sportning eng buyuk qörqoqlaridan biri”, deb ham ataşmoqda.

Ular futbolçilar, jinoyatçilar emas

AQŞning bunday “mehmondöstligi” internetda etirozli videolardan tortib, millionlab “mem”largaça sabab bölmoqda. Xavfsizlik masalasi albatta muhim, ammo, faqat bazi jamoalargagina yönaltirilgan bunday jiddiy tekşiruv işlarini qanday tuşuniş kerak?

Niderlandiya bilan öyin oldidan Özbekiston delegatsiyasining ham jiddiy tekşiruvdan ötkazilgani haqida videolar tarqaldi. Malumotlarga köra, Fabio Kannavaro boşçiligidagi murabbiylar ştabi azolaridan avtobusdan tuşgandan söng smartfonlarini topşirişlari va çöntaklarini böşatişlari söralgan. Jamoa azolarining sumkalari ham yerga yiğib olinib maxsus itlar bilan tekşirilgan.

Ammo şu kuni Özbekiston bilan öynagan Niderlandiya delegatsiyasiga bunday munosabat körsatilmagan. Bu esa, özbekistonlik muhlislarda AQŞ hukumatiga nisbatan nafrat uyğotdi. Internetda etirozli munosabatlar va “Ular futbolçilar, jinoyatçilar emas”, mazmunidagi postlar köpayib ketdi.

Vaziyatni yumşatiş uçun terma jamoa murabbiyi Kannavaro hammasi joyida ekanligini, heç qanday noodatiy tintuvlar ötkazilmaganini malum qildi.

“Bular odatiy, standart tekşiruvlar edi. Odamlar bir narsani anglamayaptilar: Jahon çempionatiga kelgan milliy terma jamoalar safar qilganida, oddiy yölovçilar singari aeroport terminallaridan ötişmaydi. Ularni jamoalar uçun maxsus ajratilgan avtobuslarda töğri samolyot maydoniga olib çiqişadi”, deydi murabbiy.

Şuningdek, Senegal, Iroq va hatto Belgiya terma jamoalarining azolari ham jiddiy tekşiruvlardan ötgan.

Senegallik futbolçilar va xodimlar Texas ştatining San-Antonio şahridagi aeroportda samolyotdan tuşişlari bilan darhol tekşiruvdan ötkazilgan. Xavfsizlik xodimlari mehmonlarni metall detektorlar yordamida tintuvdan ötkazgan, jamoa azolarining barça sumkalarini közdan keçirib, poyabzallarini ham yeçişga majbur qilgan.

“AQŞda bölib ötayotgan bu FIFA Jahon çempionati boşlanişidan oldin ham eng yomon turnirga aylanib bormoqda! Bu şunday bölişi kerak emas”, dedi Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyaçisi Stiven Jerrard.

Mutaxassislarning fikriça, futbolçilar duç kelayotgan muammolar ularning öyinlariga ham tasir etişi mumkin.
Manaşu fonda, AQŞning ayrim siyosati va noodatiy migratsiya qonunlari boşqa Jahon çempionatlarida uçramagani va hatto 1936 yilgi natsistlar Germaniyasida ötkazilgan musobaqada ham vaziyat bu qadar bölmagani aytilmoqda.

“Hatto natsistlar ham özlarini biroz jilovlaşga urinişgan. 1936 yilgi Berlin Olimpiya öyinlari arafasida Uçinçi Reyx çet ellik mehmonlar köziga qanday körinişini yaxşi tuşungan holda, özining aşaddiy va şafqatsiz qiyofasini biroz xonaki körsatişga harakat qilgandi. Dökonlar va jamoat joylaridan yahudiylarga qarşi şior hamda tasvirlar olib taşlangan”, deb yozadi jurnalist Jonatan Lyu.

Xulosa qilib aytadigan bölsak, Donald Trampning siyosati dunyoning eng katta tantanasi bölmiş – Jahon Çempionatini ham çetlab ötmadi. Kayfiyatni tuşuruvçi holatlar köp böldi, ammo bunday xabarlar kamayişiga umid qilib qolamiz. Futbol dunyoni birlaştirsin!

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: