Toşkentda “kotta bollar”ning maşinasi yonib kul böldi
Bugun, 15 iyun kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida Gentra yonib ketdi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, 15 iyun kuni soat 00:33 da Şahrisabz va Oybek köçalari kesişmasida avtomobil yonayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv ekipaji manzilga soat 00:39 da yetib borgan, yonğin esa soat 00:42 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida jarohatlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar Mirobod tumanida Gentra yonib ketgan edi.