Sirdaryoda mebel tsexi yonib ketdi
Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida keça, 14 iyun kuni mebel işlab çiqariş tsexida yonğin sodir böldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Malumotlarga köra, soat 21:36 da Guliston şahar “Böston” MFYda joylaşgan mebel işlab çiqariş tsexida yonğin sodir bölgan.
Yonğin oqibatida uşbu binoning taxminan 55 kv.m maydonida tom-şift qismi va içki jihozlari yongan. Qutqaruvçilar tomonidan tsexning taxminan 220 kv.m maydoni yonğindan saqlab qolingan.
Bildirilişiça, yonğindan kuygan va tan jarohati olganlar yöq. Hozirda suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Rişton tumanidagi dorixonada yonğin sodir bölgandi. Yonğin oqibatida dorixonaning 40 kv.m maydonida içki va tom qismi hamda dorixonaga yaqin joyda bölgan Rişton tumani köp tarmoqli poliklinikasining 70 kv.m maydonida tom qismi yongan va zararlangan edi.