USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2 kişining ölimiga sababçi bölgan haydovçi 10 yilga qamaldi

248 марта
2 кишининг ўлимига сабабчи бўлган ҳайдовчи 10 йилга қамалди

Joriy yil yanvar oyining boşida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 47 yölovçisi bor avtobus ağdarilib ketib, oqibatda 2 kişi vafot etgandi. Mazkur iş böyiça avtobus haydovçisi 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.

Hujjatda keltirilişiça, iş joriy yilning 11 iyun kuni Jinoyat işlari böyiça Tomdi tuman sudida körib çiqilgan. Sud majlisida 40 yoşli haydovçi Ş.X. aybiga töliq iqror bölgan. Uning aytişiça, yöl davomida çap tomonidagi suv idişni olib, suv içib olgan. Şundan söng u  suv idişining qopqoğini yöqotib qöygan va avtobusni boşqarib ketayotgan bölsa-da, idişning qopqoğini izlagan. Avtobusning yoritiş çiroğini yoqib, qopqoqni izlay boşlagani. Şu vaqtda pastga egilib qaragan va bir qöli avtobus rulini öng tomonga burib yuborgan. Öşa vaqtda haydovçi avtobus boşqaruvini eplolmay qolgan va adirlikka çiqib ketgan. Şu orada avtobusning old öng tomon ğildiragi çuqurlikka tuşib çiqqan, söng haydovçining özi ham sakrab ketib, yiqilgan. Avtobus esa pastlikka tuşib ketib, öng tomoni bilan ağdarilgan. Haydovçi ham şerigining ustiga tuşgan, biroq huşini yöqotmagan.

Şundan söng ular yölovçilarga yordam berib, avtobusdan çiqişga kömaklaşgan. Oradan 35-40 daqiqa ötib Favqulodda vaziyatlar bölimi va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. Söng IIB xodimlari holat böyiça suriştiruv işlarini olib borgan.

Sud hukmi bilan Ş.X. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) “a” bandi bilan 3 yil barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, unga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda ötaşi belgilangan.

Eslatib ötamiz, uşbu hodisa oqibatida yölovçi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Turli körinişdagi tan jarohatlari olgan 9 nafar fuqaro esa tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: