Toşkentda çökayotgan qizlarni qutqargan erkak halok böldi
20-05-2025, 20:27
259 марта

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 5 may kuni Toşkentning Börijar kanaliga ikki qiz tuşib ketgani va ularni qutqarişga kanalga tuşgan 43 yoşli A.S. çökib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov malumot berdi.
Uning bildirişiça, Börijar kanalida çökayotgan voyaga yetmagan qizlarni qutqargan erkak halok bölgani yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
“Uşbu voqeada jasorat körsatgan marhumning yaqinlariga çuqur taziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, deydi Şamsutdinov.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda mazkur kanal qirğoğining bir qismida sayr zonasi barpo etilayotgani va minglab daraxtlar kesilgani aytilmoqda. Şuningdek, işlar xavfsizlik talablarini buzgan holda olib borilyotgani, suzişni yaxşi bilgan A.S. şu kuni kanal böylari beton qilib taşlangani va tayanib çiqişga joy bölmagani oqibatida çökib ketgani davo qilinmoqda.