“Ukrainadagi uruşda Markaziy Osiyodan 20 ming kişi qatnaşmoqda” — Bastrikin
21-05-2025, 09:10
345 марта
Ukrainaga qarşi uruşda Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming nafar Markaziy Osiyo fuqarosi iştirok etmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin malum qildi.Uning sözlariga köra, bu reydlarda qölga olingan fuqarolikka qabul qilingan rossiyaliklarning umumiy sonining çorak qismidir.
Xarbiy tergov boşqarmamiz reydlar ötkazmoqda. Biz allaqaçon 80 ming nafar şunday Rossiya fuqarosini qölga oldikki, ular frontga boriş u yoqda tursin, harbiy komissariatga (“voyenkomat”) borişni ham istamaydi. Biz 80 ming kişini uşladik, harbiy röyxatga oldik va allaqaçon Özbekiston, Tojikiston, Qirğizistonda yaşaşni yoqtirmaydigan 20 ming “yoş” Rossiya fuqarolari (uruşda) oldingi safda, dedi Bastrikin.
Rossiya fuqaroligini olgan muhojirlar orasida reydlar
Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Rossiyada muntazam ravişda fuqarolik olgan erkaklarni qidiriş böyiça reydlar ötkazilmoqda.
Ularga çaqiruv qoğozlari topşirilib, harbiy komissariatlarga majburan olib ketiladi. Bazida erkaklarni Rossiya fuqaroligidan mahrum qiliş va öz mamlakatiga çiqarib yuboriş bilan tahdid qilib, Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşga majbur qilişadi.
2024-yil Bastrikin xavfsizlik kuçlari Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy röyxatga olinmagan 30 mingdan ortiq muhojirni “tutib olganini” aytgan edi. Ularning 10 mingga yaqini front orti bölinmalariga — “okoplar qaziş va istehkomlar quriş” — uçun yuborilgan.
Ukraina armiyasiga qarşi urişayotgan özbekistonliklar soni 1000 dan oşdi
Kamida 1110 nafar Özbekiston fuqarosi Rossiya Qurolli Kuçlari bilan şartnoma tuzgan. Bu röyxat töliq emas. Sababi etnik özbeklarni hisobga olsa, ularning umumiy soni bir neça mingga yetişi mumkin.
Rossiya armiyasi bilan şartnoma tuzganlar orasida kamida 109 kişi halok bölgan. Ularning orasida eng yoşi 21 yoşga tölmagan, eng kattasi esa 62 yoşda. Halok bölganlardan biri şartnoma imzolaganidan keyin 8 kun ham yaşamagan.
Rossiya armiyasiga özbeklarni yollaş tarixi tojiklar bilan juda öxşaş: Özbekistondan kelayotgan muhojirlar oqimi kamayişi haqida gap ham bölişi mumkin emas, Rossiya davlati esa ulardan “töp göşti” sifatida foydalanişdan mamnun. Markaziy Osiyodan kelganlar qamoq va deportatsiya tahdidlari bilan uruşga yollanmoqda, deydi Ukrainaning “Yaşaşni istayman” loyihasi.