DXX: Soliq idoralari mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
24-05-2025, 15:16
1 014 марта
Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida soliq idoralarining ayrim mansabdor şaxslari moddiy manfaatdorlik evaziga “Barqarorlik reytingi” dasturidagi malumotlarni soxtalaştiriş orqali 18 ta xöjalik yurituvçi subektlarga baholarni suniy ravişda qöşiş hamda xavf darajasini olib taşlaşlari oqibatida jami 82 mlrd söm qöşilgan qiymat soliğining manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati aniqlandi.Uşbu holat yuzasidan DXX Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.
Jumladan, uşbu jinoyat işi doirasida yoğoç importi bilan şuğullanuvçi MÇJ hisobiga 5,5 mlrd söm QQSning manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati yuzasidan Özbekiston Respublikasi Soliq qömitasining 2 nafar xodimi, şuningdek, MÇJ direktori va hisobçisi hamda 2 nafar norasmiy rahbari gumonlanuvçi tariqasida tergovga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.
Mazkur şaxslarga tegişli bölgan jami 16 ta obektda ötkazilgan tintuv-tergov harakatlari davomida 79 ming AQŞ dollari, 161 mln söm,
3 ta LI 9 elektromobil, 2 ta “Gentra”, 1 ta “Nexia 3” avtomaşinasi, 1268 blokda “TEREA” nomli elektron sigaret tayoqçalari, 27 ta elektron kalitlar, şuningdek, muhr, kompyuter va telefon apparatlari protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Jinoyat işi doirasida qolgan xöjalik yurituvçi subektlar tomonidan noqonuniy özlaştirilgan byudjet mablağlari böyiça ham tergov harakatlari davom etmoqda.