Xorazmlik fuqaro Içki işlar organlariga işga kiritib qöyiş uçun pul olgan paytida uşlandi
26-05-2025, 09:07
609 марта

Toşkent şahar Adliya boşqarmasida aloqa operatorilavozimida işlab kelgan, 1992-yil Urganç şahrida tuğilgan şaxs Xonqa tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni özining mansabdor yaqin tanişlari orqali içki işlar organlariga mömay pul evaziga oson işga kiritib qöyişni vada qilgan.
U lavozimlarning mavqeyi va mansabiga qarab öziça narx ham belgilab, oddiy askarlar tarkibidagi lavozimlarga kiritib qöyiş uçun 1500 dollar, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga işga qabul qiliş uçun esa 2000 dollar talab qilgan.
DXX Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament va içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda adliya xodimi vositaçi orqali 1900 dollar va 1 million 295 ming söm olgan vaqtida uşlangan.