Italiya Boş vaziri Samarqandga keladi
26-05-2025, 10:43
132 марта
Italiya Boş vaziri Jorjiya Meloni 28-29 may kunlari Özbekistonda böladi. Bu haqda Italiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, muzokara va uçraşuvlar Samarqand şahrida bölib ötadi.
Meloni 30 may kuni Qozoğistonga ketadi. Şu kuni Ostona şahrida mintaqa davlatlari rahbarlari iştirokida “Markaziy Osiyo – Italiya” birinçi sammiti bölib ötadi.
Malumot uçun, 2023 yil 8 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy taşrifi doirasida Rimdagi Kiji saroyida Mirziyoyev va Melonining muzokaralari bölib ötgan. Şu yili noyabr oyida Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Özbekistonga kelgan. Italiya Prezidenti ham qizi Laura Mattarella hamrohligida Samarqandga borgan.