Endi MIB xodimlari undirilgan qarzlardan 4 million sömgaça bonus oladi
27-05-2025, 05:19
272 марта
Özbekistonda davlat ijro organlari xodimlari va Majburiy ijro byurosi xodimlarini ijro yiğimlari hisobidan moddiy rağbatlantiriş tartibi tasdiqlandi. Bu boş prokurorning 14 maydagi buyruğida közda tutilgan.Ijro yiğimi sud ijroçisi sud qarorlari va boşqa organlarning qarorlarini ijro etiş böyiça harakatlarni amalga oşirişda oladigan undirişlar. Yiğim qarzdordan ijro varaqasini ixtiyoriy ravişda ijro etiş muddati ötganidan keyin quyidagi miqdorda undiriladi:
mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari uçun — jismoniy şaxsdan undirilgan summaning 1 foizi miqdorida, yuridik şaxsdan 2 foizi miqdorida;
nomulkiy ijro hujjatlari uçun — jismoniy şaxsdan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 5 baravari, yuridik şaxsdan esa 10 baravari miqdorida.
Moddiy rağbatlantiriş xarajatlari Majburiy ijro byurosini rivojlantiriş jamğarmasiga ijro yiğimlari mablağlarining 10 foizini uşlab qoliş hisobiga qoplanadi. Tölovlar summalari Ijro hujjatlarining yagona elektron ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari asosida har oyning oxirida avtomatik tarzda hisoblab çiqiladi.
Byuro markaziy apparatining töğridan-töğri yiğim undiruvçi xodimlari 80 foiz, lekin MHTEKMning 3 baravaridan köp bölmagan (3,47 million söm) miqdorda ustama olişi mumkin böladi. Boşqa davlat xizmatçilari uçun ham xuddi şunday çeklov bilan 20% bonus nazarda tutilgan. Hududiy bölinmalarda şartlar öxşaş.
Tuman va şahar bölimlarida bevosita ijro xizmatlari uçun yiğim undiruvçi xodimlar topşiriqda körsatilgan summaning 80 foizini (boşqa ijroçilar — 20 foiz), lekin MHTEKMning 4 baravaridan köp bölmagan miqdorda (4,62 million söm) olişlari mumkin böladi.
Mulkiy xususiyatga ega bölmagan hujjatlar böyiça undirilgan ijro yiğimining bir qismi töliq hajmda (lekin MHTEKMning 4 baravaridan köp bölmagan) davlat ijroçisiga yuboriladi.
Davlat ijroiya organlari xodimlariga undiriş qisman yoki soddalaştirilgan tartibda amalga oşirilgan holatlar uçun mukofotlar berilmaydi. Şuningdek, ijrosi töxtatilgan yoki keyinga surilgan, şuningdek, boşqa hududga yuborilgan va ijrosiz qaytarilgan holatlar ham qamrab olinmaydi.
Agar xodim tizimga notöğri ma’lumotlar kiritgan bölsa yoki bir oydan ortiq vaqt davomida özining asosiy vazifalarini bajarmagan bölsa (öqiş, tuğuruq ta’tillari, kasallik va boşqalar) tölovlar amalga oşirilmaydi.