DXX tomonidan "Haj" ziyoratiga yuborişga uringan "uçarlar" uşlandi
27-05-2025, 22:13
505 марта
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi turistik firma işçisi bölgan 1997 y.t. şaxs Boyovut tumanida yaşovçi 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga "Haj" ziyoratiga yuboriş evaziga 12.800 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.Tergovga qadar tekşiruv davomida, mazkur turfirmaning 1980 va 1994-yillarda tuğilgan 2 nafar xodimi ham fuqarolarning işonçiga kirib, ziyoratga yuboriş bahonasida ularning pullarini firibgarlik yöli bilan özlaştiriş mexanizmini joriy qilganliklari aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qonunbuzarlarning 2 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va ulardan jabr körgan boşqa fuqarolarning şaxsiga aniqlik kiritiş böyiça zarur çora-tadbirlar körilmoqda.DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Marğilon şahrida yaşovçi, 1986 y.t. şaxs Toşloq tumanida istiqomat qiluçi fuqaroni "Haj" amallarini ado etiş uçun muborak safarga yuboriş evaziga 11 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.