Toşkentdagi “zapravka” portlaşi oqibatida uç kişi jabrlandi, biri oğir ahvolda
Keça, 16 iyul kuni Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan avtomobillarga propan gaz töldiriş şoxobçasida portlaş sodir böldi. Hodisa oqibatida uç nafar fuqaro jarohat oldi. QALAMPIR.UZ voqea joyiga borib, holatni örgandi.
Dastlabki malumotlarga köra, soat 22:46 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Zangiota tumanidan ötuvçi M-39 avtomobil yöli böyida joylaşgan avtomobillarga propan gaz töldiriş şoxobçasida örnatilgan propan saqlaş siğimi hamda propan taşişga möljallangan maxsus avtomobilda çaqnaş sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.
Şundan söng, qutqaruv bölinmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Yonğin 17 iyul kuni soat 00:04 da töliq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida uç nafar fuqaro tan jarohati olgan. Ularga voqea joyida dastlabki tibbiy yordam körsatilganidan söng şifoxonaga olib ketilgan. Manbalarga köra, jabrlanganlardan birining ahvoli oğir, qolgan ikki nafarining holati barqaror. Hozirda portlaşning aniq sabablari va hodisa yuzasidan boşqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmoqda.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanişiş uçun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali uşbu videoni tomoşa qiling.