USD: 12,279 so'm EUR: 14,508 so'm RUB: 159 so'm GBP: 16,834 so'm CNY: 1,769 so'm KZT: 25 so'm TRY: 282 so'm AED: 3,343 so'm USD: 12,279 so'm EUR: 14,508 so'm RUB: 159 so'm GBP: 16,834 so'm CNY: 1,769 so'm KZT: 25 so'm TRY: 282 so'm AED: 3,343 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukrainaga qarshi «Vagner» XHK safida jang qilgan o‘zbekistonlik 5 yil 1 oyga qamaldi

111 марта
Ukrainaga qarshi «Vagner» XHK safida jang qilgan o‘zbekistonlik 5 yil 1 oyga qamaldi


Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida Ukrainaga qarshi qurolli mojarolarda ishtirok etgan 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U yollanish va giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlashda ayblanib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri sudi Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida qurolli mojarolarda ishtirok etish, shuningdek, giyohvand moddalarni noqonuniy saqlashda gumonlangan 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.M.ga nisbatan ayblov hukmini chiqardi.

Ish materiallariga ko‘ra, 2022 yil sentyabr oyida Muxtorov Rossiyaga borgan va u yerda internetdagi taklifga qiziqib, Molkino xutorida joylashgan «Vagner» XHK harbiy lageriga kelgan. U yerda u jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, shartnoma imzolab, Ukraina Qurolli Kuchlariga qarshi janglarda qatnashgan.
Janglarning birida u granata parchalaridan og‘ir jarohat olgan va Moskvadagi kasalxonasiga yotqizilgan. 2023 yilning mart oyida u O‘zbekistonga qaytib kelgan.

2025 yil fevral oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Muxtorovning uyidan og‘irligi 9,74 gramm bo‘lgan marixuana qutisi topilgan, uning so‘zlariga ko‘ra, u shaxsiy iste’mol uchun saqlagan.

Sud Muxtorovning harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (Yollanish) va 276-moddasi 1-qismi (Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash) bilan kvalifikatsiya qildi. Aybini tan olgani, pushaymonligi va muqaddam sudlanmagani inobatga olinib, unga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор:

Оммабоп хабарлар: