Surxondaryoda ayol 11 yoşli farzandini 40 mln sömga sotmoqçi böldi
Surxondaryo viloyatida 2014 yilda tuğilgan farzandini 40 mln sömga sotmoqçi bölgan 30 yoşli ayol 3 yil 6 oyga ozodlikda mahrum qilindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Hujjatda keltirilişiça, 1995 yilda tuğilgan ayol 11 yoşli farzandini joriy yil fevral oyi boşlarida tanişib qolgan E.Ş. ga 40 mln sömga sotişga kelişgan. U joriy yilning 4 aprel kuni Termiz şahridagi Yoşlar markazi binosining yonida farzandini E.Ş. ga berib, 40 mln sömdan 20 mln sömini olayotganda uşlangan.
Joriy yilning 24 iyun kuni Jinoyat işlari böyiça Termiz şahar sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda ona öz aybiga iqror bölib, körsatma bergan va farzandini moddiy qiyinçiliklar sabab sotişga qaror qilganini aytgan.
“Öğlim, seni farzandlikka beryabman, sen yaxşi yaşagin”, degan ayol bolasini sotişdan oldin.
Sud hukmi bilan ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Sergeli tumanida 41 yoşli ona öz bolasini 10 000 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan vaqtida qölga olingandi.