Özbekistonda sintetik metan işlab çiqaruvçi birinçi qurilmalar işga tuşirildi
2-06-2025, 13:28
114 марта
Özbekistonda sintetik metan işlab çiqaruvçi birinçi qurilmalar işga tuşirildi Toşkent viloyatida Yaponiya texnologiyalari asosidagi gaz taminoti tizimi sinov tariqasida yölga qöyildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Malum qilinişiça, “Hududgaztaminot” AJ va Yaponiyaning ITO Corporation kompaniyasi örtasidagi hamkorlik doirasida Angren şahrining “Yangiobod” mahallasida yangi loyiha sinov tariqasida işga tuşirildi.
Uşbu loyiha doirasida ITO Corporation tomonidan işlab çiqilgan zamonaviy texnologiya — propan va havo aralaşmasidan sintetik metan gazini oluvçi qurilmalar örnatildi. Uşbu sintetik metan orqali pilot hududdagi bir neçta köp qavatli uylarni gaz bilan taminlaş tizimi yölga qöyildi.
Qayd etilişiça, “Hududgaztaminot” AJ va Yaponiya kompaniyasi tomonidan loyihani yanada kengaytiriş, zamonaviy uskunalarni respublika böylab joriy qiliş yuzasidan amaliy işlar olib borilmoqda.
Mazkur taşabbus Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi kömagida amalga oşirilayotgan bölib, Özbekistonda energiya samaradorligini oşiriş, zamonaviy va ekologik toza texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan strategik yönalişlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
