USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Firibgarlik bilan fuqarolardan pul undirgan “Umraçi”lar uşlandi

187 марта
Фирибгарлик билан фуқаролардан пул ундирган “Умрачи”лар ушланди

Toşkent hamda Farğona şaharlarida Umra ziyoratiga yuborişni vada qilib, fuqarolardan firibgarlik yöli bilan pul olgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahrida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan şaxs tegişli litsenziyaga ega bölmagan holda, özini Umra ziyoratini taşkil etişga ruxsat berilgan turfirmaning göyoki vakili sifatida taniştirib, 3 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra safariga yuboriş va muqaddas amallarni töliq bajarişlarini taminlab beriş evaziga jami 3 450 AQŞ dollari talab qilgan. 

DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs 3 400 dollar va 600 ming söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Şuningdek, Farğona şahrida kuzatilgan holatda esa 1998 yilda tuğilgan şaxs özining tanişlari orqali 4 nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni vada qilib, jami 4 200 AQŞ dollari talab qilgani malum bölgan. 

Biroq u söralgan pul mablağini olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga çek qöyilgan. 

Bildirilişiça, hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida hokim yordamçisidan pul olgan Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi sobiq boşliği qölga olingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: