USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda YPXdan qoçgan Malibu haydovçisi uşlandi

86 марта
Тошкентда ЙПХдан қочган Malibu ҳайдовчиси ушланди

Toşkent halqa avtomobil yölida davlat raqam belgisiz harakatlangan, oynalari qoraytirilgan Malibu-2 haydovçisi YPX xodimlarining töxtaş talabiga böysunmay, avtomobilni orqaga burib, qoçişga urindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

 

Malum bölişiça, avtomobil Uçqaxramon tomondan Hasanboy yönalişida harakatlangan. Davlat raqam belgisi bölmagan Malibu-2’ning old yon oynalari qoraytirilgani va orqa qismiga qöşimça antenna örnatilgani YPX xodimlarining etiborini tortgan.

Inspektorlar haydovçiga töxtaş işorasini bergan. Biroq u qonuniy talabni bajariş örniga avtomobilni keskin ravişda orqaga burib, harakatini davom ettirgan. Körilgan çoralar natijasida transport vositasi töxtatilib, haydovçi uşlangan.

Holat yuzasidan haydovçiga nisbatan belgilangan tartibda mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Malibu-2 vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.

Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan söng köplab foydalanuvçilar muhokamalariga sabab böldi. Kadrlarda voqea 19 avgust kuni sodir bölgani, davlat raqamisiz va oynalari qoraytirilgan Malibu-2’ning qarama-qarşi yönalişda harakatlangani körinadi. Şuningdek, avtomobilning orqa qismida qöşimça antenna borligi va uning inspektorlar avtomobili ortidan harakatlangani ham aks etgan.

Şundan söng, özini qoidabuzar haydovçining otasi sifatida taniştirgan şaxs videoni tarqatgan foydalanuvçilardan biri bilan boğlangan. U videoni olib taşlaşni söragan. Tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvda erkak öğlini haydovçilik huquqidan mahrum qilişlari mumkinligini aytgan va masalani pul bilan ham hal qila olmayotganidan norozi bölgan.

Videoni öçiriş talabi rad etilgaç, u foydalanuvçiga nisbatan haqoratli sözlar işlatgan, uning oldiga boriş bilan tahdid qilgan va bosim ötkazişga uringan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon şahrida yöl-patrul xizmati xodimining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmagan Onix haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi dökonga urilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: