Kambağallikni tan olişdan milliy yuksaliş modeligaça yoxud mustaqillik qanday nişonlandi?
Mustaqillik muborak bölsin! Mendan kuni keça bir jurnalist mustaqillik siz uçun nima deb savol berib qoldi. Odam bir narsani yöqotmagunça qadriga yetmaydi, uning borligi eng katta nematligini sezmaydi, insonmiz, bu fitratimiz bor. Meni ham sizdan farqim yöq, oçiği bu savolga bir dunyo javob qaytarişim mumkin edi. Lekin, hamon öylanyapman, mustaqillik nima? Hayron qoldiradigan javobni aytolmasam-da, bir narsani aniq bilaman. Uni anglaşim, qadrlaşim uçun yöqotişim şart emas. Dunyodagi töpalonlarni köryapman. Oç bolalarning nolalari quloğim ostida. Milliolab odamlar xorlikda yaşayapti. Fundamental huquqlaridan foydalana olmayotganlar, yaşaşdan bezor qilinayotganlarning ahvoli örtada. Xöş, men Mustaqillikni qadrlaşim uçun qon keçişim şartmi? Bu savolni sizga ham beraman, aziz tomoşabin. Izohlarda yozing, siz uçun Mustaqillik nima?
Heç kimni qoralaş, ötgan kunlarimiz ustidan mağzava ağdariş niyatim yöq, lekin meni uzoq yillar davomida qiynab kelgan narsani aytmasam bölmas. Biz öz tarixini nafaqat unuttirilgan, özimizga qöyib berilganda ham unutgan xalq bölib qolgandik. Eslamadik, or qildik, qörqdik. Jadidlarning barmoq bilan sanarli nomlarini bilardik, xolos. Xonliklarimiz, amirlarni sotqinlikda ayblab, nomlarini faqat maktab darslariga kiritdik, xolos. Turkiston muxtoriyati ğoyalaridan qörqdik, turkiylik tuşunçasini Sovetlar ongimizga singdirib ketgan “panturkizm” safsatasi bilan egizak qildik. Şarof Raşidovni eslaşni – hokimiyatni bölişişdek xavf deya kördik. Qolganlarini xoinga çiqardik, xullas tariximizdan or qildik. Yolğonmi? 90 yilgaça bölganlarni qöying, 90 yildan keyin ulğaygan avlodning öz tarixi borasidagi ilmi yarimta bölib qoldi.
Mustaqillik bayramining 35 yilligi tantanalarini kördingizmi? Ğururlandim. Bungaça ham jadidlarimiz nomlari tilga olinib, qatağon yillarida sudlanganlar oqlanayotgani, davlat rahbari darajasidagi yirik tadbirda jadidlar harakati kökka kötarilayotgani ilinj berayotgandi. Ammo bu yilgi tadbir Yangi Özbekistonning öz tarixiga tik qaraş borasidagi qatiyatining eng yuqori nuqtasi böldi, menimça.
Kördingizmi, unda heç narsa unutilmadi. Örxun-Enasoy yozuvlari bölsin yoki Avesto, Beruniy, Xorazmiy, Farobiylar yod etildi. Özbekning asl nasli haqida kuylandi. Ha, Mustaqillikka 35 yil töldi, ammo davlatçilikka emas. Davlatçiligimiz tarixi uzun va viqorli. Qadimgi Xorazm, Baqtriya, Kuşon, Qanğ davlati, Dovon, Ustruşona davlatçiligi, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmşohlar davlati, Temuriylar saltanati, Boburiylar davlati, Şayboniylar davlati, Xiva xonligi, Qöqon xonligi, Buxoro Amirligi, Turkiston muxtoriyati eslandi. Ularning bayroqlari namoyiş etildi. Dunyoda Xitoydan to Yevropaga, Rossiyadan to Hindistonu Suriyagaça uzangan özbek davlatçiligi haqida birinçi marta bunday katta maydonda, rasmiy tadbirda malumot berildi. Bu ğurur emasmi?
Turkistonning bosib olinişi, sovet ittifoqidagi bosqinçilik, zuğumlar alohida eslandi. Vatan ozodligi uçun jon bergan şahidlar, qoni tökilgan jadidlar nomidan söz olindi. Özbekning paxta dalasida xor bölgani, sibirga surgun qilingani, dinidan, ilmidan, özligidan, tarixidan ayrilgani va bunga sababçi bölganlar, paxta siyosati tufayli qurigan Orol mavzusida sanatkorlarning çiqişlarida mahorat bilan yoritildi.
1959–1983 yillarda mamlakatni boşqargan va köplab islohotlar, qurilişlarga boşçilik qilgan Şarof Raşidovning mehnatlari munosib xotirlandi. Özbekiston Respublikasi Mustaqilligini elon qilgan va 25 yil davomida mamlakatni boşqargan Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Xullas, heç kim va heç narsa qolib ketmadi. Kimningki mehnati bölsa, hammasi qadrlandi, tarix şunçaki unutilmadi, unuttirilmadi, aksinça, hammaga nisbatan minnatdorlik, bu kunlarga şukrona bor edi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning özi ham nutqida ötgan 35 yil davomida mustaqillikni mustahkamlaşga munosib hissa qöşgan barça marhumlarning fidokorona mehnati va jasoratini yana bir bor etirof etib, Islom Karimov nomini alohida tilga oldi.
“Mana şu tarixiy sanada ötgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlaşga munosib hissa qöşgan barça marhum yurtdoşlarimizning fidokorona mehnati va jasoratini yana bir bor etirof etişni joiz, deb bilamiz. Birinçi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abduğaniyeviç Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz”, dedi Şavkat Mirziyoyev
Prezident nutqi hamma narsani qamrab olgandi. Mustaqillik bizga nima berdi, degan savolga esa men kabi mustaqillikkaça bölgan davrni körmaganlar Şavkat Mirziyoyev aytgan birgina misol orqali öziga javob topişi mumkin. Davlat rahbarining urğulaşiça, Mustaqillik bizga muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Prezident mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bölişini aytdi. Islohotlarning birinçi kunlaridan xalqning qalbiga quloq soliş va aholining dardiga darmon böliş asosiy maqsad bölgani aytildi. Ötgan davrga siyosiy baho berib ötildi.
“Inson qadri uçun” ğoyasi davlat siyosatining markaziga olib çiqildi. Birinçi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya çeklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi. Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qörquv va hadik örnini işonç va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yaşaydigan jamiyat barpo etiş uçun keyingi ön yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik”, dedi Prezident.
Özbekiston dunyoga keng oçilgani, çegara muammolari hal qilinib, qöşnilar bilan döstlik va hamkorlik mustahkamlangani, valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub özgarişlar amalga oşirilgani urğulandi.
“Uç yil oldin 2030 yilda yalpi içki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkaziş reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilişlar va dunyodagi notinç vaziyatga qaramasdan, uşbu marra joriy yilning özida ortiği bilan bajarilib, Özbekiston daromadi örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga kirdi. Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erişyapmiz. Ijobiy özgarişlarni har bir inson, har bir oila öz hayotida çuqur his etyapti”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Sönggi ön yillikda Özbekiston kambağallikni tan oldi. Migrantlaridan or qilmadi, ularni taşqariga uloqtirmadi, egasiz qoldirmadi. Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining talim olişi va yaşaş şaroiti xususida boş qotiriladigan böldi.
“Izçil say-harakatlar tufayli kambağallik darajasi 2017 yildagi 35 foizdan 4 foizga tuşirildi. Uşbu raqamlar zamirida rözğoriga baraka kirib, turmuş sifati yaxşilangan 10 million insonning quvonçi va şukronalik tuyğulari mujassam” dedi Prezident.
Davlat rahbari keyingi bosqiçdagi rejalarga ham töxtalib, kelgusi 10 yillik milliy yuksaliş davri bölişini aytdi. Unga köra, iqtisodiyot yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga ötadi, kelgusi ön yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi.
“Iqtisodiyotda yuqori ösiş surati saqlangan holda, 2030 yilgaça yalpi içki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli iş örni yaratiladi”, dedi davlat rahbari.
Şuningdek, Prezident sud mustaqilligi kuçaytirilişi, qonun ustuvorligi umumiy qadriyatga aylantirilişi, huquqiy tarbiya maktabdan boşlab aniq tizim asosida yölga qöyilişi, fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuçaytiriş böyiça islohotlar davom ettirilişi, kiberjinoyatçilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini oliş çoralari yanada kuçaytirilişi, yaşirin iqtisodiyot, uyuşgan jinoyatçilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitişga qarşi kuraş yangi bosqiçga kötarilişini vada qildi.
Taşqi siyosat haqida gapirarkan, Prezident, Özbekiston köp qirrali, vazmin va muvozanatli taşqi siyosatni davom ettirişini urğuladi. Iqtisodiy diplomatiya esa taşqi siyosatning ustuvor yönalişi bölib qoladi. Afğoniston böyiça konstruktiv siyosat qatiy davom ettiriladi.
“Biz bugun keçagidan kuçlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuçli bölamiz! 35 yillik mustaqil taraqqiyot yöli bizga bir haqiqatni örgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yölida birlaşib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bölmaydigan marraning özi yöq”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Özbekistonda kiçik tadbirkorlik subektlarini har qanday tekşirişga 3 yil muddatga moratoriy, 2027 yil 1 yanvardan boşlab tadbirkorlarga moliyaviy jarima qöllaşda “Birinçi xato uçun – ogohlantiriş” qoidasi joriy etiladi. Joriy yilning 31 dekabrigaça kiçik va örta tadbirkorlik subektlari uçun “Ikkinçi imkon” iqtisodiy amnistiyasi elon qilinadi. Bu kabi yangiliklar 27 avgust kuni imzolangan “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonidan örin olgan.
Farmonga köra, kiçik tadbirkorlik subektlarining faoliyatini har qanday tekşirişga 3 yil muddatga moratoriy elon qilinadi. Biroq ayrim tekşiruvlar bundan mustasno. Jumladan, jinoyat işi doirasida, inson soğliğiga tasirini örganiş va mehnat qonunçiligiga rioya etilişi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplaş (qaytariş) hamda tadbirkorlik subektining tugatilişi munosabati bilan ötkaziladigan tekşirişlarga moratoriy tatbiq etilmaydi.
Moratoriy amal qiliş davrida kiçik tadbirkorlik subektlari faoliyatini tekşiriş noqonuniy hisoblanadi.
2028 yil 31 dekabrga qadar huquqiy eksperiment sifatida örta va yirik tadbirkorlar tomonidan öz faoliyatini auditorlik taşkilotini jalb qilgan holda soliq va yiğimlarni töğri hisoblaş va tölaş böyiça taşabbus tarzidagi auditdan ötkaziş hamda auditorlik xulosasini soliq organi tomonidan tan oliş mexanizmi joriy etiladi.
Bunda, audit ötkazilgan davr uçun soliq organlari tomonidan soliq auditi ötkazilmaydi, aniqlangan xato va kamçiliklar 30 kun muddatda bartaraf etilganda tadbirkorlik subektiga nisbatan moliyaviy jarimalar qöllanmaydi. Mazkur eksperiment doirasida audit ötkazişi mumkin bölgan taşkilotlar reyestri Soliq qömitasi tomonidan yuritiladi va rasmiy veb-saytida elon qilib boriladi, auditorlik xulosasini tan oliş oqibatida tölanmay qolgan soliq va yiğimlar aniqlangan holatlar böyiça auditorlik taşkiloti javobgar böladi.
Şuningdek, tadbirkorlik subektlari faoliyatida bir yil davomida ötkaziladigan har qanday takroriy tekşiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oşiriladi. Kameral soliq tekşiruvi esa bundan mustasno.
Bundan taşqari, tadbirkorlik subektlariga moliyaviy jarimalar qöllaşda “Birinçi xato uçun – ogohlantiriş” qoidasi joriy etiladi. Unga köra, birinçi marta qoida buzgan, biroq fuqarolar hayoti va soğliği, özgalarning mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga jarima qöllanmaydi. Ularga dastlab kamçilikni bartaraf etiş uçun 10 kun muddat beriladi.
Yangi joriy etilayotgan “Ikkinçi imkon” iqtisodiy amnistiyasi tartibiga köra, iqtisodiy amnistiya elon qilingunga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi (bundan penya mustasno) 2026 yil 31 dekabrga qadar töliq tölanganda, uşbu qarzdorlik böyiça hisoblangan penya hisobdan çiqariladi va ular bilan boğliq ijro işlari tugatiladi.
Avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq tölovçi tomonidan mustaqil ravişda tuzatiş kiritilib, qöşimça hisoblangan soliq summasi 2026 yil 31 dekabrga qadar töliq tölanganda uşbu summaga nisbatan penya hisoblanmaydi.
Tadbirkorlik subektlari soliqlar va yiğimlarni tölaş uçun tölov topşiriqnomasini bankka taqdim etmaganlik uçun mamuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Iqtisodiy amnistiya doirasida yöl qöyilgan xatolarni mustaqil ravişda bartaraf etganlarning Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingidagi ballari tuşirilmaydi.
Soliq hisobotini öz vaqtida taqdim etmaganlik uçun qöllangan mamuriy jarimaning tölanmagan qismi, qatiy belgilangan miqdordagi aylanmadan olinadigan soliqni tölovçi subektlarga qöllangan moliyaviy jarimalarning tölanmagan qismi 2026 yil 1 yanvarga qadar şakllangan bölsa, qarzdorliklar hisobdan çiqariladi.
Şuningdek, avval rasmiylaştirilgan mehnat şartnomalari Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilişiga ruxsat beriladi hamda keçiktirib kiritilganligi sababli jarima qöllanmaydi.
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Şavkat Mirziyoyev ananaga köra, “jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatiy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Afv etilgan 604 nafar mahkum jazodan töliq ozod qilindi, 115 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod etildi. 52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroği bilan almaştiriladi. 81 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi muddati qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida 7 nafar çet el fuqarosi hamda 63 nafar taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar bor. Keçirilganlar röyxatiga tuşganlarning 375 nafari yoşlar, 49 nafari ayollar, 37 nafari esa 60 yoşdan oşgan erkaklardir.
Özbekistonning davlat qarzi ötgan çorakka nisbatan 1,33 milliard dollarga köpaydi va joriy yilning ikkinçi çoragi yakunlariga köra, 48,32 milliard dollarni taşkil etdi.
Şu davr mobaynida davlat qarzining yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbati 26,2 foizdan 27 foizgaça oşgan. Qarzning asosiy qismini hamon taşqi qarz taşkil etmoqda: birinçi çorakda u 39,78 milliard dollarni (umumiy hajmning 85 foizi), ikkinçi çorakda esa 40,71 milliard dollarni (84 foiz) taşkil etgan. Bu bir çorak avvalgi 22,2 foizga nisbatan YaIMning 22,8 foiziga töğri keladi. Içki qarz 7,21 milliard dollardan 7,60 milliard dollargaça ösgan. Uning uluşi 15 foizdan 16 foizga, YaIMga nisbati esa 4 foizdan 4,2 foizga kötarilgan.
Taşqi qarz tarkibida qayd etilgan (fiksatsiyalangan) foiz stavkasiga ega qarzlar ustunlik qilmoqda – ularning hajmi 20,78 milliard dollardan 21,72 milliard dollargaça (44 foizdan 45 foizgaça) ösgan, suzuvçi stavkali kreditlar uluşi esa 40 foizdan 39 foizga tuşgan.
Xorijiy valyutada nominallaştirilgan qarz taşqi portfelning 82 foizidan 80 foizigaça qisqargan, milliy valyutadagi majburiyatlar uluşi esa 2 foizdan 4 foizgaça oşgan. Taşqi qarzning deyarli barçasi uzoq muddatliligiça qolmoqda: tölaş muddati bir yildan ortiq bölgan majburiyatlar ikkinçi çorakda 39,29 milliard dollarni (81 foiz) taşkil etgan.
Içki qarzda milliy valyutadagi instrumentlar uluşi 10 foiz darajasida saqlanib qolmoqda, şu bilan birga xorijiy valyutadagi majburiyatlar 6 foizdan 5 foizga tuşgan. Içki qarzning qisqa muddatli qismi 0,80 milliard dollardan 1,17 milliard dollargaça ösgan.
Tugayotgan haftada Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Prezidenti Donald Trampga ananaviy özbek ayvonlarini sovğa qilgani malum böldi. AQŞ Içki işlar vazirligi malumotlariga köra, Özbekistondan yuborilgan ayvonlar Amerika tomonidan qabul qilib olingan. Donald Tramp uşbu sovğani Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.
Ananaviy özbek uslubida tayyorlangan va nafis yoğoç öymakorligi bilan bezatilgan ayvonlar Özbekiston va AQŞ örtasidagi döstona munosabatlar ramzi sifatida park hududida örnatiladi. Taşrif buyuruvçilar ularni kuz oylarida körişlari mumkinligi kutilmoqda.
Ayvonlar AQŞda amalga oşirilişi rejalaştirilgan “Amerika milliy qahramonlari parki” loyihasi doirasida Ğarbiy Potomak parkiga örnatiladi. Uşbu loyiha doirasida 250 ga yaqin maşhur amerikaliklarning haykallari, şuningdek, restoranlar, amfiteatr va boşqa obektlar barpo etilişi nazarda tutilgan.
AQŞ Içki işlar vazirligi vakili Keti Martining aytişiça, ananaviy özbek şiyponlari ikki mamlakat örtasidagi mustahkam aloqalar ramzi bölib xizmat qiladi.
Amerika – Özbekiston munosabatlaridan uzoqlaşmaymiz. AQŞning yirik iqtisodiy va texnologik markazlaridan biri – Sietl şahri meri Keti B.Uilson 2026 yil 1 sentyabrni şaharda rasman “Özbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb elon qildi. Mazkur qaror Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan.
Sietl meri tomonidan imzolangan rasmiy proklamatsiyada Özbekistonning 35 yil davomida suverenitet, taraqqiyot va keng kölamli transformatsiya yölini bosib ötgani, mamlakat Markaziy Osiyoning eng köp aholiga ega davlati va mintaqaning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biri ekani, oçiq bozorlar va xalqaro şeriklikni kengaytirişga intilayotgani urğulangan.
Hujjatda, şuningdek, Özbekistonning Sietlda Boş konsulxonasi faoliyatini yölga qöyilgani natijasida Sietl Özbekistonning bevosita diplomatik vakolatxonasi mavjud bölgan AQŞning sanoqli şaharlaridan biriga aylangani haqida söz borgan.
4 sentyabr kuni Sietlda Özbekiston Respublikasining AQŞ Ğarbiy sohilidagi birinçi Boş konsulxonasining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötadi. Sietl AQŞning Tinç okeani şimoli-ğarbiy mintaqasidagi eng yirik iqtisodiy, texnologik va savdo markazlaridan biri. Katta Sietl mintaqasi 4,1 milliondan ziyod, iqtisodiyoti 2025 yilda qariyb 607 mlrd AQŞ dollari hajmidagi yalpi hududiy mahsulot yaratgan bölib, bu Vaşington ştati iqtisodiyotining asosiy qismini taşkil etadi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga tabrik yölladi. Tabriknoma yuborilgani haqida Prezident Matbuot xizmati tomonidan rasmiy axborot berilmadi, tabrik maktubini Zelenskiyning özi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida elon qildi.
“Sizni va mamlakatingiz xalqini Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi bilan çin qalbimdan tabriklayman hamda özimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Birgalikdagi say-harakatlarimiz tufayli mamlakatlarimiz örtasidagi ananaviy döstlik va özaro hurmat printsiplariga asoslangan munosabatlar bundan buyon ham izçil rivojlanib borişiga işonaman.
Uşbu fursatdan foydalanib, sizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, farovonlik hamda masuliyatli davlatçilik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, Ukraina xalqiga esa tinçlik va taraqqiyot tilayman”, deyiladi Şavkat Mirziyoyevning tabrik maktubida.
Öz navbatida Zelenskiy Şavkat Mirziyoyevga Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yöllagan tabrigi uçun minnatdorlik bildirgan.
“Ukraina Özbekiston bilan ananaviy döstlik munosabatlarini yuqori baholaydi hamda ikki tomonlama hamkorlik, savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga sodiq qoladi. Prezident Mirziyoyevga mustahkam soğliq va muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga esa tinç va farovon kelajak tilayman”, deb yozgan Ukraina Prezidenti.