Saida Mirziyoyeva AQŞ Davlat kotibining yordamçisi bilan uçraşdi
10-06-2025, 09:55
323 марта

Saida Mirziyoyeva AQŞ Davlat kotibining yordamçisi bilan uçraşdi
Bugun, 9 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tönğiç qizi – Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva AQŞ Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça byurosi rahbari vazifasini bajaruvçi – AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari böyiça yordamçisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Erik Meyer bilan uçraşdi. Bu haqda Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Mirziyoyevaning qöşimça qilişiça, uçraşuv davomida talim va madaniyat sohasidagi almaşinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytiriş rejalariga alohida etibor qaratilgan.
Qolaversa, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, ayollarni qöllab-quvvatlaş masalalari ham muhokama qilingan.
“Bu borada Özbekistonda amalga oşirilayotgan işlar – tadbirkor ayollar uçun dasturlar, moliyaviy resurslarni taqdim etişda şaffoflikni taminlaş yölidagi qadamlar haqida söz yuritdik”, deya yozgan Mirziyoyeva.