Rossiyada oğir ahvolda qolganlar Özbekistonga qaytarildi
10-06-2025, 09:59
345 марта

Rossiyada oğir ahvolda qolganlar Özbekistonga qaytarildi
Rossiyada oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolariga amaliy yordam körsatilib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburg şaharlaridan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaatlar kelib tuşgan va ularga yordam körsatilgan.
Qayd etilişiça, uşbu şaxslarga HY-634, HY-9670, HY-9658 va HY-9662 reyslari orqali aviaçiptalar olib berilgan.
“Migratsiya agentligi xorijda oğir holatga tuşgan fuqarolarimizga amaliy yordam körsatişni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.