Putin va Zelenskiy “dueli”, Trampning soxta tinçligi va Erdöğanning kutilmagan yurişi – Midweek
Amerika tilda tinçlikparvar, amalda-çi? Eronga qarşi jang boşlagan Tramp Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni “aqlsizlik” deb tariflayapti. AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset esa Amerika harbiylarini Yaqin Şarqqa joylaştiriş muddatini yaşirinça uzaytirayotgani foş böldi. Vaşington geosiyosiy sahnalarda qanday xavfli öyin olib bormoqda?
Erdöğandan kutilmagan buriliş. U ikki stulda bir vaqtda ötiriş tajribasini yo olmoqçi yo körsatmoqçi. Turkiya Prezidenti ŞHTga tölaqonli azo böliş niyatini oçiqladi. NATOning eng qudratli armiyalaridan biriga ega Turkiya Ğarbdan yuz ögiryaptimi yoki bu Vaşington va Bryusselga yöllangan navbatdagi ogohlantirişmi?
“Rossiya osmoni endi xavfsiz emas!” Zelenskiyning bu bayonotiga Putin keskin javob qaytardi. U bu çiqişni “davlat terrorizmi” deb atadi. Uşbu tahdidli söz duelidan oldinroq esa Narendra Modi nasihat bergan edi. Va bu bekorga emas. Niqoblilar köpayayotgan katta siyosat ortidagi sovuq hisob-kitoblarni tahlil qilamiz. Efirda Midweek va men Nurzodbek Vohidov.
Eron bilan uruş çöziladi
Yaqin Şarq va Rossiya – Ukraina örtasida “aqlsiz qon tökişlar” fonida Vaşingtonning taşqi siyosiy strategiyasi tobora murakkab, qarama-qarşi va parda ortidagi piçinglarga boy öyinga aylanib bormoqda. Bir tomonda – tinçlikparvar va barça mojarolarni bir kunda tugatuvçi xaloskor qiyofasini kiyişga urinayotgan AQŞ Prezidenti Donald Tramp, ikkinçi tomonda esa – Oq uyning tinçlik haqidagi hayqiriqlari ostida Eron tomoniga yönaltirilgan qöşinlar muddatini bildirmasdan uzaytirayotgan Mudofaa vaziri Pit Hegset. Bu ikki voqelikdan taşqari Markaziy razvedka boşqarmasi rahbari Jon Retkliffning Moskvaga qilgan maxfiy safari Vaşingtonning geosiyosiy sahnalardagi asl yuzini va ikki xillanuvçi pozitsiyasini körsatib beradi.
“The Wall Street Journal” naşrining öz manbalariga tayanib aniqlaşiça, AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset Amerika harbiylarini Yaqin Şarqqa joylaştiriş muddatini yaşirinça uzaytirmoqda. Sababi oddiy: Eronga qarşi rejalaştirilgan operatsiya Vaşington kutganidek bu yil tugamasligi mumkin. Qiziq joyi şundaki, AQŞ rahbari Donald Tramp Tehronga qarşi harbiy harakatlar tugaganini rasman elon qiliş ğoyasini şaxsan qöllab-quvvatlayapti va Eron Islom Respublikasiga faqat iqtisodiy bosim ötkaziş orqali öz maqsadlariga erişiş mumkinligiga jamoatçilikni işontirişga urinmoqda. Biroq ritorika boşqa, harbiy voqelik esa umuman boşqa. Mintaqada hali ham 50 ming nafar amerikalik harbiy xizmatçi qolmoqda, harbiy-dengiz kuçlarining 19 ta kemasi, qiruvçi samolyotlar eskadrilyasi hamda havo hujumidan mudofaa bölinmalari jangovar şaylikda uşlab turilibdi.
Uşbu çözilib ketgan harbiy nizo AQŞ armiyasining içki imkoniyatlarini yeb bitirmoqda. WSJ manbalarining takidlaşiça, dengizçilar logistika muammolari sababli yaqinlaridan xat va jönatmalarni ham ololmayapti, texnikaga xizmat körsatiş va zaxiralarni töldiriş izdan çiqqan. Standart xizmat muddati 9 oydan 12 oyga oşirilgan, aviataşuvçi harbiy kemalar ekipajlari esa oylab quruqlik yuzini körmay dengiz blokadasida uşlab turilibdi. Kelasi yili bu hududga 82-havo-desant diviziyasi ham tortilişi, “Theodore Roosevelt” aviataşuvçisining navbatçiligi esa bahorgaça uzaytirilişi kutilmoqda. Körinib turibdiki, Vaşingtonning “katta tayoq” siyosati öz harbiylarining yelkasiga oğir yuk bölib tuşmoqda, lekin buni tan oliş kimgadir siyosiy aççiq tabletkaday tuyulmoqda.
Dunyoda tinçlik örnataman deyişdan çarçamagan, hatto tinçlik böyiça Nobel mukofotini olişga uringan, bunday bölmagaç arazlab ham qolgan, Eronga qarşi jang boşlagan Donald Tramp Ukrainadagi uruşga etibor qaratişga ham ulguryapti. U yana öşa maşhur va balandparvoz ritorikasiga murojaat qiladi. Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Tramp Ukrainadagi uruşni “aqlsizlik” deb atadi va u umumiy hisobda körsatkiçlarni sanab ötdi.
“Har oy örtaça 25 ming nafar harbiy halok bölmoqda. Bu butun bir stadion ekanini tasavvur qila olasizmi? Örtaça 25 ming kişi”, deydi AQŞ rahbari.
Uning fikriça, hujumga ötayotgani tufayli Rossiya tomondagi yöqotişlar ham kam emas.
“Rossiyaliklar ham köp halok bölmoqda. Ehtimol, ruslar köproqdir, çunki ular oldinga siljimoqda. Ular mudofaa qilmayapti, hujum qilmoqda. Ammo ukrainalik va rossiyalik harbiylarning juda köpi halok bölmoqda. Ular bu ahmoqona uruşni töxtatişi kerak”, deydi Tramp.
Tramp özining sevimli mavzusini yana bir bor esga olib, agar 2020 yilgi prezidentlik saylovlari “soxtalaştirilmaganida”, Ukrainada uruş umuman boşlanmagan bölişini iddao qildi.
“Men 2016 yildan 2020 yilgaça u yerda böldim. Putin bilan gaplaşardim, ammo bu heç qaçon sodir bölmas edi. Bunga heç qanday imkoniyat yöq edi”, deydi u vakolat davrini eslab.
Prezidentlik davrida “sakkizta uruşni töxtatgani” haqidagi davosini takrorlagan Tramp, Rossiya va Ukraina örtasida “juda katta adovat” borligini tan olsa-da, har ikki tomonni sulhga majbur qila olişiga işonadi. Buni gaplaridan anglaş qiyin emas. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşişga tayyorligini, biroq bu sammit şunçaki qahvaxörlik emas, balki “uruş tugay boşlaganida” va tinçlik şartnomasi poydevori qöyilgandagina sodir bölişini aytdi.
“Men Rossiya, Ukraina – hamma bilan yaxşi munosabatlarga ega bölişimizni xohlayman. Bu biznes uçun ham juda yaxşi bölar edi. Rossiyaning ulkan hududlari va juda qimmatli yerlari bor”, deya Tramp geometrik va iqtisodiy manfaatlarni ham qistirib ötişni unutmadi.
Lekin Trampning uşbu oçiq va şov-şuvli bayonotlari ortida doimgidek maxfiy razvedka diplomatiyasi yaşiringan. Avgust oyi oxirida MRB direktori Jon Li Retkliffning Moskvaga kutilmagan va elon qilinmagan maxfiy safari dunyo OAVlarida katta rezonans keltirib çiqardi. “Politico” naşri xabariga köra, Retkliff Moskvaga Rossiya rasmiylarini NATOning şarqiy qanotiga, xususan, Estoniya, Latviya va Litvaga nisbatan har qanday tajovuzkor hamladan ogohlantiriş uçun borgan. “The Wall Street Journal” esa bu taşrif şaxsan Donald Trampning topşiriği bilan amalga oşirilganini yozdi.
Kutilmagan şubhali miş-mişlarni bosiş uçun AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio “Fox Radio”ga bergan intervyusida diplomatik parda orqasini biroz oçişga majbur böldi. Rubio MRB rahbarining Moskvaga safari uç tomonlama sammit taşkillaştiriş uçun emas, balki oddiy işçi muloqot ekanini aytdi.
“Uning taşrifi asosan odatiy edi, çunki u razvedka xizmatlari örtasidagi aloqa kanallarini sozlaşni davom ettirişi kerak edi, çunki bunday narsalar mojaro yoki inqiroz paytida foydali bölişi mumkin”, deydi Marko Rubio.
Şuningdek, u Retkliff, Putin, Tramp va Zelenskiy örtasida uçraşuv tayyorlayotgani haqidagi xabarlarni keskin rad etdi.
“Bu xabarlar qayerdan kelayotganini bilmayman, çunki bu uçraşuv haqidagi malumotlar juda kam sonli odamlarda bor va ularning heç biri matbuot bilan muloqot qilmagan”, deya u öziga xos qoçirim bilan malumot tarqaliş kanallarini şubha ostiga oldi.
Ammo Retkliffning taşrifi şunçaki işçi muloqot bölsa, nega birdan böldi, avvaldan elon qilinmadi degan savollar paydo bölişi tabiiy. Bunga javoban esa biz ehtimoliy stsenariylar haqida alohida tahlil tayyorlaganmiz. Uni ekranlaringizda paydo bölgan sarlavha orqali qidirib topişingiz mumkin.
Umumiy manzaraga nazar taşlasak, AQŞ mamuriyati dunyo sahnasida tinçlikparvar hamkor rolini öynaşga qança urinmasin, uning amaldagi harbiy harakatlari Vaşingtonning asl maqsadi tinçlikdan köra, köproq geosiyosiy nazoratni qöldan boy bermaslik ekanidan dalolat beradi.
Insoniyatni ortga tortayotgan uruş
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2 sentyabr kuni özining Telegram-kanalida elon qilgan murojaatida Rossiya havo hududidan foydalanayotgan har bir aviakompaniya, suğurta taşkilotlari hamda Rossiyaning asosiy aeroportlaridan foydalanayotgan barça xalkaro subektlarni qatiy ogohlantirdi. Zelenskiyning takidlaşiça, Rossiya osmonida dronlar harakati şunçalik köpayganki, bu fuqarolik aviatsiyasi uçun real xavfga aylangan.
“Bugun biz Rossiya havo hududidan foydalanayotgan har bir aviakompaniyani, har bir suğurtaçini, Rossiyaning asosiy aeroportlaridan haligaça foydalanayotganlarning barçasini ogohlantirmoqçimiz: Rossiya osmoni töliq xavfli bölib bormoqda. Ukraina fuqarolik aviatsiyasining öziga – heç bir fuqarolik samolyotiga tahdid solmaydi. Şunçaki Rossiya osmonida dronlar şunçalik köp böladiki, buni hisobga oliş şart. Rossiya rasmiylari bu haqda tegişliça xabar bermayotgan bölsa-da, Rossiya osmoni de-fakto yopiladi: Rossiya tomonidan boşlangan uruş uning osmonini yopmoqda”, deb yozdi Zelenskiy.
2 sentyabr kuni Bişkekdagi ŞHT sammitidan söng ötkazilgan matbuot anjumanida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbarining bu bayonotiga keskin va qatiy munosabat bildirdi. Putin Zelenskiyning ogohlantirişlarini “davlat terrorizmiga teng” harakat deb atadi. U, şuningdek, sönggi paytlarda ukrain tomoni muzokaralarga şaroit yaratişni sörayotganiga işora qildi.
“Ular bizdan muzokaralarni qayta boşlaşni, yuzma-yuz uçraşuvlar ötkazişni söramoqda. Terrorçilar bilan muzokara olib borilmaydi. Agar Rossiya havo hududida fuqarolik aviatsiyasi bilan boğliq biror fojia yuz bersa, biz bunga javob beriş yölini topamiz”, deya tahdidli ohangda takidladi Putin.
Moskva va Kiyev örtasidagi uşbu keskin söz duelidan biroz oldin, Bişkek sammiti doirasida Rossiya va Hindiston rahbarlarining yuzma-yuz muloqoti bölib ötgan edi. Kreml rasmiy saytida 31 avgust kuni elon qilingan parçalarga köra, Hindiston Boş vaziri Narendra Modi Vladimir Putin bilan uçraşuvda harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatiş zarurligini yana bir bor eslatgan.
“Çeksiz uruşdan uruşning yakuniga, harbiy harakatlarni tugatişga ötiş zarur. Biz barça muammolarni tinç yöl bilan hal qilişimiz kerak. Uruşning har bir kuni insoniyatni orqaga tortyapti”, dedi Modi.
Bunga javoban Putin Rossiya va Hindiston örtasidagi munosabatlar “alohida imtiyozli strategik şeriklik” tamoyillariga tayanişini va Moskva ham inqirozni tinç yöl bilan tartibga soliş yönalişida harakat qilayotganini davo qildi.
Şuni takidlaş kerakki, bu Hindiston Boş vazirining Putin oldida uruşni töxtatiş haqida qilgan birinçi oçiq bayonoti emas. Modi 2022 yilda Samarqanddagi ŞHT sammitida “Bugungi davr uruş davri emas” degan bölsa, 2024 yilda Moskvadagi uçraşuvda “Bombalar, qurollar va öqlar şaroitida tinçlik muzokaralari muvaffaqiyatli bölişi imkonsiz” deya takidlagan edi. Biroq, diplomatik minbarlardagi tinçlikparvarlik haqidagi çorlovlar va şiorlarga qaramay, amaldagi iqtisodiy faktlar butunlay boşqa manzarani körsatmoqda.
Ğarb sanktsiyalariga qaramay, Nyu-Dehli Moskva bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini izçil kengaytirib bormoqda. Bloomberg va boşqa yetakçi xalqaro tahlil agentliklarining malumotlariga köra, Hindiston nafaqat Rossiyadan çegirmali narxlarda ulkan hajmda neft xarid qilmoqda, balki ikki maqsadli mahsulotlar – harbiy sanoatda qöllanilişi mumkin bölgan mikroçiplar va sanoat dastgohlarini ham Rossiyaga yetkazib berişda vositaçilik qilmoqda. Hatto sönggi oylarda Ukraina dronlarining Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga bergan zarbalari ortidan yuzaga kelgan yonilği taqçilligini yopiş uçun Moskva Hindistondan benzin xarid qilişni boşlagan va birinçi partiya 5 avgust kuni yetkazib berilgan.
Geosiyosiy vaziyatga qarab, tahlil qiladigan bölsak, bugungi kunda har bir tomon özining strategik öyinini olib boryapti. Zelenskiyning Rossiya osmoni haqidagi ogohlantirişi Moskvaga iqtisodiy va logistik bosimni oşiriş hamda xalqaro aviakompaniyalarni Rossiya yönalişlaridan çekinişga majbur qilişga qaratilgan diplomatik hamda psixologik yurişdir. Putin esa uşbu xavfni “davlat terrorizmi” deb baholaş orqali muzokaralardan boş tortişini oqlaşga va öz jamoatçiligiga qatiyatlilikni namoyiş etişga urinmoqda. Hindiston va Xitoy kabi Şarqiy qudratli davlatlar esa bir tomondan minbarlarda tinçlikka çaqiruvçi neytral ritorikani saqlab qolayotgan bölsa, ikkinçi tomondan Rossiyaning iqtisodiy izolyatsiyasidan maksimal darajada foydalanib, öz energetika va savdo manfaatlarini taminlaşda davom etmoqda. Sodda qilib aytganda, oddiy odamlar va harbiylar uruş olovida qurbon bölayotgan bir paytda, katta siyosat minbarlarida baralla aytilayotgan “tinçlik” haqidagi gaplar şunçaki niqob xolos. Siyosiy sahna ortida esa hamma narsani odamlar hayoti emas, sovuq hisob-kitob va katta pul hal qilmoqda.
Putin Armaniston bilan boğliq vaziyatga ham alohida töxtalib ötdi. 1 sentyabr kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti yakunlari böyiça jurnalistlar savollariga javob berayotganda Rossiya rahbari “Armanistonga Rossiya bazasi kerak bölmasa, ertagayoq ketamiz” dedi. Qolaversa Armaniston ikki tomonda ham öyna olmasligi haqida dangal gapirdi. Bu mavzu böyiça alohida material tayyorlaganmiz. Uni ekranlaringizda paydo bölgan sarlavha orqali qidirib topişingiz mumkin.
Turkiya ŞHTga tölaqonli azo böladimi?
Bişkekda bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti va “ŞHT+” formatidagi kengaytirilgan uçraşuvlar yakunlanişi hamono, xalqaro diplomatiya sahnasida Anqaraning köp vektorli taşqi siyosati yana bir bor etibor markaziga tuşdi. Qirğizistondan qaytiş çoğida samolyot bortida jurnalistlar bilan muloqot qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Anqaraning ŞHT bilan munosabatlarini yangi bosqiçga kötariş niyatida ekanini va hatto taşkilotga tölaqonli azo bölib kiriş imkoniyatlarini körib çiqayotganini malum qildi. Biroq 1952 yildan beri NATOning doimiy azosi bölib kelayotgan va yaqindagina alyans sammitiga mezbonlik qilgan davlat rahbarining bu bayonoti darhol Ğarb poytaxtlarida ham, geosiyosiy tahlilçilar orasida ham jiddiy savollarni keltirib çiqardi.
Ammo Rajab Toyib Erdöğan jurnalistlar bilan suhbatda Anqaraning Şarq tomonga strategik burilişi Ğarb bilan aloqalarga xalaqit bermasligini va bu Yevroatlantika makonidan yuz ögiriş emasligini alohida uqtirişga urindi.
“Turkiyaning ŞHTga azo böliş istiqboli heç bir holatda mamlakatning Ğarbdan yuz ögirişini anglatmaydi. Bizning maqsadimiz – har tomonlama qaraş kontseptsiyasiga amal qilgan holda öz tasirimizni kengaytirişdan iborat”, deydi Turkiya Prezidenti.
Uning sözlariga köra, Anqara Şimoliy Atlantika alyansidagi (NATO) öz örni va iştirokini töliq saqlab qolgan holda, parallel ravişda ŞHTga tölaqonli azo bölib kiriş variantini strategik kun tartibida uşlab turibdi. Körinib turibdiki, Erdöğan ikki qarama-qarşi qutb orasida geosiyosiy muvozanat saqlaşga va bir vaqtning özida “ikki stulda ötiriş” tajribasini mukammallaştirişga harakat qilmoqda.
Turkiya 1952 yildan buyon NATOning eng muhim va qudratli azolaridan biri hisoblanadi. Öşanda azolikka qabul qiliş töğrisidagi tegişli hujjatlarni mamlakat rahbari Jalol Bayar tasdiqlagan edi. Joriy yilning iyul oyida Anqara sönggi 22 yil içida ilk bor öz hududida NATOning 36-sammitiga mezbonlik qilib, alyansdagi tutgan örnini yana bir bor namoyiş etdi. Ammo NATOdagi uşbu faolligiga parallel ravişda Turkiya ŞHT bilan ham uzoq yillik muloqot va şeriklik aloqalarini izçil rivojlantirib kelmoqda. 2012 yilning iyun oyida Pekin sammitida Anqaraning arizasi bir ovozdan maqullanib, 2013 yilning aprelida Turkiyaga muloqot böyiça şerik maqomini beruvçi huquqiy memorandum imzolangan edi.
Erdöğanning Bişkekdagi uçraşuvlari va ŞHTga töliq kiriş haqidagi çaqiriqlari ortida nafaqat diplomatik manyovr, balki Anqaraning Yevropa Ittifoqiga köp yillik samarasiz intilişlaridan keyingi muqobil variantlarni qidirişi ham yotibdi. Turkiya Yevroittifoq eşiklari oldida ön yilliklar davomida kutişdan çarçagaç, geosiyosiy riçaglarni oşiriş uçun Vaşington va Bryusselga “agar siz qabul qilmasangiz, Şarqda munosib hamkorlarimiz bor” degan işorani yöllamoqda.
Siyosiy tahlilçilarning takidlaşiça, NATO azosi bölgan va alyansning ikkinçi eng yirik armiyasiga ega davlatning Rossiya va Xitoy yetakçilik qilayotgan taşkilotga tölaqonli azo bölişi NATO ustav va printsiplariga mohiyatan zid keladi. Bir tomondan NATO doirasida ğarbiy mudofaa strategiyasini şakllantiriş, ikkinçi tarafdan esa Ğarb sanktsiyalari va geosiyosiy bosimlariga qarşi platforma sifatida körilayotgan ŞHT blokida iştirok etiş amaliyotda jiddiy diplomatik ziddiyatlarni keltirib çiqarişi muqarrar. Şunga qaramay, Erdöğan uşbu “muvozanat öyini” orqali özining mintaqaviy va global geosiyosiy mavqeini oşirişga, şuningdek, Şarq va Ğarb örtasidagi muhim tranzit hamda vositaçi sifatidagi rolini saqlab qolişga intilmoqda. Anqaraning bu taşabbusi amalda qançalik amalga oşadi yoki oddiy diplomatik bosim vositasi bölib qoladimi – buni yaqin kelajakdagi voqealar rivoji körsatib beradi.