USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Buxoroda talaba qizga jinsiy aloqa taklif qilgan tyutor qamaldi

211 марта
Бухорода талаба қизга жинсий алоқа таклиф қилган тютор қамалди

Buxoro şahridagi oliy talim muassasalaridan birida öz talabasiga jinsiy aloqa taklif qilgan 40 yoşli tyutor 3 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.

Hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi A.A. joriy yilning 14 avgust kuni soat taxminan 22:00 da universitet talabasi bölgan qizga telefon qilib, uni oraliq nazoratlaridan ötkazişini aytgan va buning evaziga jinsiy yaqinlikni taklif qilgan. Bundan taşqari, u qizga nomaqbul, uning şani va qadr-qimmatini tahqirlaydigan sözlarni aytib, şahvoniy şilqimlik qilgan.

Keça, 3 sentyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Buxoro şahar sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda A.A. aybiga iqror bölgan va universitetda öqituvçi bölib işlaşini, voqea yuz bergan kuni mast bölganini va qizdan keçirim söraganini aytgan.

Jabrlanuvçi talaba ham sudda holatni tasdiqlagan. Qizning aytişiça, A.A. unga işqiy munosabatda bölişni taklif qilib, jinsiy aloqa qilişni söragan. U esa bundan qörqib ketib, huquqni muhofaza qiluvçi organga murojaat qilişini aytgan. Şunga qaramasdan, A.A. unga qönğiroq qilişni davom ettirgan va nomaqbul hamda şani va qadr-qimmatini tahqirlaydigan sözlarni aytgan.

Sud qaroriga köra, A.A. Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga 3 sutka mamuriy qamoqqa oliş jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Söx tumanida ayolga şahvoniy şilqimlik qilgan 19 yoşli yigitga 4 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: