USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qoraqalpoğistonda gazçilar 171 nafar fuqaro nomini sotib, suyultirilgan gazni ömardi

65 марта
Қорақалпоғистонда газчилар 171 нафар фуқаро номини сотиб, суюлтирилган газни ўмарди

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln sömlik suyultirilgan gazni özlaştiriş holatlari aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamenti xabar berdi.

Departamentning Amudaryo tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Amudaryotumangaz” masul şaxslari 220,3 mln sömlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Malum bölişiça, korxona masullari özaro til biriktirib, 7 ta mahalla fuqarolar yiğini hududida yaşovçi 171 nafar fuqaroning xonadonlari umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga ulanganiga qaramay, ularning nomiga elektron kartalar oçgan.

Şundan söng uşbu xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib berilgani haqida soxta malumotlar rasmiylaştirilib, gaz rastrata yöli bilan özlaştirilgan.

Bundan taşqari, Departamentning Nurobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tekşiruvda “Nurobodtumangaz” masul şaxslari suyultirilgan gazni sotişdan tuşgan 148,3 mln söm mablağni bankka topşirmasdan, özlaştirib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işlari qözğatilgan.

Bildirilişiça, hozirda jinoyat işlari doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatida 1 mlrd sömdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq 3 ta holat aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: