Prezident Euronews'ning Toşkentda ofis oçiş rejasini olqişladi
12-06-2025, 00:54
337 марта

Prezident Euronews'ning Toşkentda ofis oçiş rejasini olqişladi
Toşkent investitsiya forumi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev "Euronews" media xoldingi direktorlar kengaşi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.
Uşbu yetakçi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantiriş, jumladan, "Euronews"ning keng auditoriyasini Özbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda röy berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, şuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati töğrisida xabardor qiliş masalalari körib çiqildi.Davlatimiz rahbari qöşma axborot loyihalarini amalga oşiriş va professional kadrlar tayyorlaş borasidagi faol say-harakatlarni, şuningdek, "Euronews" Toşkent şahrida öz ofisini oçişni rejalaştirayotganini olqişladi.
"Euronews Academy" dasturi doirasida özbekistonlik jurnalistlarni ilğor professional standartlar asosida öqitiş rejalari qöllab-quvvatlandi.
Barça istiqbolli yönalişlar böyiça tizimli işlarni taşkil etiş maqsadida qöşma "yöl xaritasi"ni tayyorlaşga kelişib olindi.