Qaşqadaryoda mehmonxona 1,4 mlrd sömlik gazni öğirladi
Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida 1,4 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qarşi şahrida ötkazilgan nazorat tadbirida “D.” MÇJga qaraşli mehmonxonada tegişli taşkilotlardan ruxsat olmasdan, özboşimçalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi malum bölgan.
Uşbu qoidabuzarlik oqibatida, gaz taminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga köra, byudjetga 1 milliard 437 million sömlik zarar yetkazilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryoda 2 ta korxona yarim milliarddan ortiq elektrni ömargan edi.