Murodjon Ahmadaliyevning Inoue bilan jangi sanasi tasdiqlandi
12-06-2025, 14:06
517 марта

Murodjon Ahmadaliyevning Inoue bilan jangi sanasi tasdiqlandi
Özbekistonlik professional boksçi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini joriy yilning 14 sentyabr kuni ötkazadi. Bu haqda boksçi özining Instagram sahifasida malum qildi.Öşa kuni Murodjon Ahmadaliyev Yaponiya poytaxti Tokio şahrida mutlaq çempion Naoya Inoue bilan jang qiladi.
Malumot uçun, joriy yil bahorning boşida Ahmadaliyev va Inoue jamoalari, şuningdek, WBA rahbariyati kelişuvga erişgan edi. Unga köra, Naoya Inoue 4 may kuni öz kamarini ixtiyoriy ravişda himoya qiladi, undan söng esa sentyabr oyida Ahmadaliyev bilan jang qiladi. Bu kelişuv kuçga kirişi uçun har ikki boksçining ham navbatdagi janglarida ğalaba qozonişi şart edi.
Inoue 4 may kuni Ramon Kardenasni nokaut qilgan bölsa, Ahmadaliyev 30 may kungi jangda öz vazifasini bajarişga muvaffaq böldi. U 5- va 6-raundlarda Kastiloni nokdaunga tuşirdi, 8-raunddagi ketma-ket zarbalaridan söng esa meksikalik boksçining murabbiyi oq soçiq uloqtirib, jangni töxtatişga majbur böldi. Şu orqali Ahmadaliyev profboksdagi ğalabalari sonini 14 taga yetkazib oldi. 30 yoşli Ahmadaliyev profringda 14-1 rekordga ega, uning bölajak raqibi 32 yoşli Naoya Inoue esa profboksda 30 ta ğalaba qayd etgan va biror marta mağlubiyatga uçramagan.