Namanganda masullar “kotel” uçun berilgan pulni çöntagiga urdi
Namangan viloyati Davlatobod tumanida talim muassasalariga isitiş qozonlari yetkazib beriş uçun ajratilgan 1 mlrd söm byudjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Davlatobod tumani MMTB masul şaxslari va boşqalar özaro til biriktirgani aniqlangan.
Ular talim muassasalariga isitiş qozoni yetkazib beriş böyiça tuzilgan şartnomaga köra “ABS” rusumli isitiş qozonlarini sotib olişi lozim bölgan. Biroq amalda “LES” rusumli isitiş qozonlari xarid qilingan. Oqibatda 1 mlrd söm byudjet mablaği özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Qöştepa tumanida obodonlaştiriş boşqarmasi masul şaxslari tomonidan 158,7 mln sömlik byudjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.