USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yotoqxonaning 4-qavatidan yiqilib, vafot etgan öquvçi planşetini tutib qolmoqçi bölgan – guvoh

300 марта
Ётоқхонанинг 4-қаватидан йиқилиб, вафот этган ўқувчи планшетини тутиб қолмоқчи бўлган – гувоҳ

Avvalroq, Toşkent şahrida joylaşgan maktab-internat yo törtinçi qavatidan tuşib ketib, oğir jarohat olgan öquvçi 10 kunlik davolanişdan söng vafot etgani haqida xabar qilingandi. Baxtsiz hodisa oqibatida oğir jarohat olgan va şifoxonada davolanib kelgan öquvçi keça, 15 sentyabr kuni olamdan ötgan. QALAMPIR.UZ mazkur hodisa yuzasidan masullar va guvohlarga boğlanib, malumot oldi.

Malum qilinişiça, marhum Ş. J. ismli bola Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati öquvçisi bölgan. Maktab masul xodimining QALAMPIR.UZ’ga bildirişiça, talim taşkiloti binosi hali töliq qurib bitkazilmagani sababli unga qabul qilingan öquvçilar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internati binosida vaqtinçalik tahsil olayotgan bölgan. Mazkur maktab binosiga yaqin bölgani uçun, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati öquvçilari Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti yotoqxonasiga joylaştirilgan. Fojia ham aynan şu yotoqxonada sodir bölgan.

QALAMPIR.UZ suhbatlaşgan, şaxsini oşkor qilişni istamagan guvohlardan birining sözlariga köra, marhum öquvçi yotoqxonaning 4 qavatida yaşagan. U baxtsiz hodisa sodir bölgan kunda öz xonasining deraza qismiga yaqin holatda bölgan. Bildirilişiça, öquvçi qölida uşlab turgan planşet apparatining derazadan tuşib ketiş vaqtida uni tutib qolişga intilgan. Oqibatda esa öquvçi pastga tuşib ketgan. 

Bolani şifoxonaga olib borişganda, uning yoniga borgan otasi boladan hodisa haqida söragan va Ş. J. ismli öquvçi ham otasiga planşetni tutib qolişga uringani oqibatida yiqilib tuşganini aytgan. Hodisaga guvoh bölgan boşqalar ham marhum öquvçi yiqilgan joyda planşet qurilmasi bor bölganini tasdiqlagan. 

Qayd etiş joiz, uşbu malumotlar hali rasman tasdiqlanmagan.

Malumot uçun, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati Toşkent şahrida yangi taşkil etilgan davlat talim muassasasi hisoblanadi. U Prezidentning 2025 yil 15 maydagi 86-sonli Farmoni asosida faoliyat boşlagan. Maktab “Iqtidorli bolalar dasturi” doirasida taşkil etilgan bölib, mamlakatdagi istedodli yoşlarni yuqori sifatli talim bilan taminlaşga qaratilgan. Muassasa 2025–2026 öquv yilidan boşlab öz faoliyatini boşlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: