Yer olib beriş evaziga pora olgan Savdo-sanoat palatasi mansabdori uşlandi
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Savdo-sanoat palatasi bölimi boşliği fuqaroga auktsion orqali 2 gektar yer olib berişni vada qilib, buning evaziga undan olgan 5 mln sömni qaytarib berayotgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bölimi boşliği M. Ç. fuqaro O. B. ga dehqon xöjaligi taşkil etişi uçun auktsion orqali 2 gektar yer maydoni olib berişini vada qilib, firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan 5 mln sömni O. B. ga qaytarib bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 2 gektar davlat zaxirasidagi yerni auktsion orqali arzon narxda olib berişni vada qilgan Ekologiya bölimi boş mutaxassisi va uning kadastrdagi tanişi 12 mln söm olayotgan vaqtida uşlangan edi.