USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Surxondaryoda “marixuana”ni gugurt qutida tarqatgan ayol uning şeriklari uşlandi

71 марта
Сурхондарёда “марихуана”ни гугурт қутида тарқатган аёл унинг шериклари ушланди

Surxondaryoda fuqarolarga qora dori tarqatgan ayol qölga olinib, uning xonadonidan 1 kilogramm 5 gramm giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 15 sentyabr kuni viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati, Jinoyat-qidiruv boşqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boysun tumani IIB xodimlari hamkorligida “Qoradori-2026” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinçi bosqiçi doirasida tadbir ötkazilgan.

Unda 1962 yilda Boysun tumanida tuğilgan şaxs 12 dona gugurt qutisiga joylangan, oğirligi 35,18 gramm bölgan yaşil rangli, ötkir hidli “marixuana”ni sotayotgan vaqtida qölga olingan.

Suriştiruv davomida u giyohvandlik moddasini Boysun tumanida yaşovçi 1971 yilda tuğilgan şaxsdan olganini aytgan. Uşbu şaxs ham qölga olinib, giyohvandlik moddasini 1977 yilda Boysun tumanida tuğilgan ayoldan olganini bildirgan.

Şundan söng ayolning xonadonida tintuv ötkazilib, sof vazni 1 kilogramm 5 gramm bölgan “marixuana”ga öxşaş modda aniqlanib, daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirib olingan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida 4 kilogramm “gaşiş”ni 40 ming AQŞ dollariga sotayotgan şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: